Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Xalqaro bozorga yo’naltirilgan marketing xizmatini yaratish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə53/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

10.3. Xalqaro bozorga yo’naltirilgan marketing xizmatini yaratish

Marketing bo‘limini tovar yondashuvi bo‘yicha tashkil etish marketingni ayrim yiriklashgan tovar guruhlari bo‘yicha taqsimlash tamoyillariga asoslanadi. Har bir tovar (tovar guruhi) bo‘yicha sektor boshlig‘i va mazkur tovarning barcha funksional marketing vazifalarini bajaruvchi xodimlar mavjud.


Marketing bo‘limini tovar-funksional tamoyil bo‘yicha tashkil etish funksional va tovar yondashuvlarining uyg‘unlashuvi bo‘lib, bunda bo‘limning barcha xodimlari belgilangan tovar guruhi bo‘yicha o‘zlari uchun belgilangan vazifalarni bajarishda hatti-harakatlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Marketing bo‘limini bozor tamoyili bo‘yicha tashkil qilish bu — bo‘limdagi ayrim shaxs yoki guruhlar majburiyatlarini alohida bozorlar bo‘yicha taqsimlashdir. Bozorni taqsimlash tamoyillari bozorni sengmentlashdagi bilan bir xil bo‘ladi, ya’ni bozorlarni ajratish ular real voqelikni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bozorlarning geografik joylashuvi bo‘yicha tashkil qilish korxona cheklangan turli tovarlar ishalb chiqarib, ularni bir-biridan tovarni sotish sharoitlari bo‘yicha farq qiluvchi ko‘p sonli bozorlarda sotgan hollarda samarali bo‘ladi.
Tovar va bozor tamoyillari bo‘yicha tashkil etishdagi cheklanganlikni bartaraf qilish uchun tovar nomenklaturasi keng bo‘lgan va ko‘plab bozorlarda faoliyat ko‘rsatuvchi yirik korxonalar marketing bo‘limini tovar-bozor tamoyillari bo‘yicha tashkil etishdan foydalanadi.
Marketing bo‘limini tovar-bozor tamoyillari bo‘yicha tashkil etish bu — quyidagi matritsa tamoyilidan foydalangan holda tovar va bozor yondashuvlarining uyg‘unlashuvidir: tovar bo‘yicha boshqaruvchilar sotuvni rejalashtirish va tovarni sotishdan olinuvchi foyda uchun, bozorlar bo‘yicha sektorlar boshqaruvchilari esa ajratilgan segmentlar doirasida bozorni rivojlanitirish istiqbollari uchun javobgar bo‘ladi.
Shunday qilib, korxonada marketing bo‘limini tashkil etishning har biri o‘z kuchli va zaif tomonlariga ega bo‘lgan ko‘plab variantlari mavjud. Marketing rejalarini amalga oshirishda ko‘p hollarda ishlab chiqilgan reja va dasturlardan chetga chiqish kuzatiladi, shu sababli marketing bo‘limi tadbirlar rejasiga kiritilgan vazifalarning bajarilishi muntazam nazorat qilib borishi zarur.
Funksional yondashuv bo‘limdagi ayrim shaxs yoki shaxslar guruhining bo‘limga topshirilgan alohida lokal yoki umumiy (qo‘shma) funksional vazifalari uchun javobgarlik tamoyili bo‘yicha tuzilgan. Bunday yondashuv korxonaning ishlab chiqarish-savdo funksiyalari bir xil va doimiy bo‘lgan hollarda samaradorligi yuqori, biroq faoliyat shakllari o‘zgargan yoki tubdan yangi muammolarni hal qilish, bozorda o‘zgarib turuvchi vaziyatga tezlik bilan javob berishda uning samaradorligi kam bo‘ladi. Mazkur shakldan bir xil yoki cheklangan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ularni mahalliy bozorda (bozor segmentida) sotuvchi kichik firmalar foydalanadi. Biroq yirik, o‘ziga xos asbob-uskuna va qurilmalar ishlab chiqaruvchilar ham marketing bo‘limini tashkil qilishning mazkur usulini qo‘llaydilar.
Marketing xizmatini tashkil etish bo‘yicha chet el tajribalarini «Nestle» korporatsiyasi va uning tashkiliy strukturasi misolida ko‘rib chiqamiz. Firmaning shtab-kvartirasida marketing funksiyalari mahsulotlarni boshqarish va marketing xizmatlari bo‘limida amalga oshiriladi. Bu strukturani mahsulotlar direktorlari boshqarib, ular jahonning barcha mintaqalarida mahsulot faoliyatini yaxshilash maqsadida mahalliy mahsulot boshqaruvchilari bilan ishlashadi. Marketing iste’molchilar ehtiyojlari atrofida mujassamlanib, bu ehtiyojlarni korporatsiyaning mintaqaviy tashkilotlaridan boshqa hech kim aniq belgilay olmaydi. Shu sababli marketing funksiyasi iloji boricha markazlashtirilmaydi. Garchi «Nestle» korporatsiyasi operativ kompaniyalarga mos keluvchi bozorlarda faoliyat yuritishda to‘liq mustaqillik bersada, u belgilangan standartlar, maqsadlar va siyosatni tanlashda yagona korporativ yo‘nalishni yuritishga harakat qiladi. Mahsulotlarni boshqarish va marketing xizmatlari bozori ushbu korporativ maqsadlarni aniqlash harakatlantirish uchun javobgardir.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin