Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-mavzu: B2B bozorida tovar strategiyalari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə54/119
tarix05.06.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#60668
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

11-mavzu: B2B bozorida tovar strategiyalari
Reja:
11.1. B2B bozorida brend yaratish jarayoni
11.2. Tovarlar sifatini boshqarish. Xalqaro sifat to’garaklari
11.3. Sanoat tovarlarining “hayotiy” davri va uning asosiy bosqichlari


11.1. B2B bozorida brend yaratish jarayoni

Brend arxitekturasining rivojlanishi to’rtta asosiy bosqichdan iborat:


1) har bir brendning portfel ichidagi rolini aniqlash;
2) “tovar – bozor” sharoitida har bir brendning rolini aniqlash;
3) portfel tuzilmasi;
4) brend arxitekturasining grafik va verbal ko’rinishga kelishi.
Har bir brendning rolini aniqlash brend arxitekturasini shakllantirishning eng muhim (birinchi) bosqichidir. Tovarlarning eng ko’p tarqalgan turlari: strategik brend, brend – “dastak”, “kumush o’q” va “sog’in sigirlar”.
Strategik brend kelajakda bozorni boshqarish va yuqori daromad olishga qaratilgan holda rivojlanadi. Strategik brendni ishlab chiqish kompaniyaning kelajakdagi farovonligini ta’minlash hisoblanadi., Kompaniyaning portfelida ustun bo’lgan brend yoki kichik brend ham strategik ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. (innovasion mahsulot, noyob iste’molchilar ulushi, marketingga yangicha yondashuv).
Brend-“dastak” (“brendni ishga tushirish”) biznesning asosiy yo’nalishi yoki kompaniya kelajagining boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. U o’z xususiyatlari bilan kompaniyaning asosiy biznes sohasiga ta’sir o’tkazadi. Ana shu orqali kompaniyadagi bilim, sifat va o’ziga xos xususiyatlarni maqsadli iste’molchilarga yo’naltiriladi va xaridorlarning ishonchiga asos yaratib beradi.
“Kumush o’q” boshqa brendning obro’siga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Odatda, bu “ona” brend yoki “master-brend”dir.
“Sog’in sigirlar” brendi kompaniyaga avvalgi uchta sanab o’tilgan brend turiga sarmoya kiritish va bir vaqtning o’zida foyda olish imkonini beradi. Odatda, bunday brendlar shakllangan iste’molchilar bazasi bo’lgan brendlardir. Sodiq iste’molchilar guruhining negizini ushlab turilishi, ushbu brendlarni sotish hajmi pasayganda ham kompaniya uchun samarali hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich “tovar bozori” sharoitlarida har bir brendning rolini belgilaydi. Tovar bozori sharoitida o’ziga xos taklifni aniqlash uchun birgalikda ta’sir etuvchi to’rtta omil muhim rol o’ynaydi:
1) qo’llab-quvvatlovchi brendlar/subbrendlar. Subbrendlar asosiy brend bo’yicha fikrlarni bozor xususiyatlaridan kelib chiqib o’zgartiradi. Asosiy brend taklifning negizi bo’lib, uni subbrendlar kengaytiradi. Subbrendning asosiy vazifalaridan biri asosiy brendni zaruriy yangi segmentga kengaytirish hisoblanadi.
2) brendlashtirilgan manfaatlar. Bu brend taklifini kuchaytiradigan xususiyat, komponent yoki xizmatning brendingi bo’lib, brendlarga ayniqsa yangi brendlarga bo’lgan qiziqishni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
3) qo’shma brendlar. Bunda bir nechta brendlarni birlashtirish (ko-brending) tushuniladi. Bu yerda asosiy manfaat (birgalikda rivojlanishni ta’minlaydigan mablag’larni tejashdan tashqari) taniqli brendlarning o’zaro hamkorligi (sinergiya) sifatida yuzaga keladi. Bunga McDonalds va Coca-Cola brendlarining hamkorligi klassik misoldir. McDonalds o’z tashrif buyuruvchilariga kengroq assortimentni taklif qilishi mumkin. Coca-Cola uchun esa bu savdo nuqtalari va iste’mol hajmining kengayishini anglatadi.
Shuni unutmaslik kerakki, samarali ko-brending uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
- brendlar bir-birini o’zaro to’ldirishi kerak (kino va kamera, ichimlik va gazak);
- brendlar iste’molchilarning bir xil maqsadli auditoriyasiga joylashtirilishi kerak;
- brendlarning qadriyatlari umumiy yoki hyech bo’lmaganda yaqin bo’lishi kerak;
- brendlarni birgalikda rivojlantirish uzoq muddatli va o’zaro manfaatli bo’lishi kerak;
- brendlar kuch va taniqliligi bo’yicha taxminan teng bo’lishi kerak;
4) brendning chorlaydigan (undaydigan) roli. Bunda iste’molchilarni mahsulotdan foydalanish tajribasini aniqlash va sotib olish qarorini rag’batlantirishga brendning ta’siri qandayligini bilish mumkin bo’ladi.
Brend arxitekturasini ishlab chiqishning uchinchi bosqichi brend portfelining tuzilishini shakllantirish hisoblanadi. U brendlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlashni, butun tuzilma mantig’ini anglashni, iste’molchilar tomonidan brend arxitekturasini aniq va ravshan tushunilishini ta’minlashni o’z ichiga oladi.
Brend arxitekturasini shakllantirishni yakuniy bosqichi bu - portfelning grafik tasviridir. Brendning eng muhim va grafik tasviri tovarni turli rollarini ifodalovchi logotip hisoblanadi. Bundan tashqari u ramzlar, mahsulot dizayni, bosma reklama yorlig’i (hatto brendning qanday taqdim etilishining subyektiv tuyg’u) kabi vizual ko’rinishlarda ham aniqlanishi mumkin.
Brend strategiyasi va uning bir qismi bo’lgan brend arxitekturasi umumiy marketing strategiyasi hamda kompaniyaning umumiy biznes strategiyasi bilan chambarchas bog’liq bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Brend arxitekturasining asosiy modellari
Zamonaviy dunyo brendingi amaliyotida brend arxitekturasini shakllantirish(qurish)ning ikki asosiy modeli, ya’ni House of Brands (“brendlar uyi”) va Branded House (“kompaniya-brend”) ajratiladi.
Ba’zan o’z navbatida, ushbu modellar G’arb (yoki Angliya-Amerika) va sharqiy (yoki Yaponiya) deb ataladi. Angliya-Amerika va Yaponiya modellarining hukmronligi o’zaro kurashuvchi makroiqtisodiy rivojlanish hamda makroiqtisodiy boshqarish usullariga ega ikki tomonning modellari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning mantiqiy ifodasidir. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida brend arxitekturasini qurishning Yapon modeli, Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida esa Angliya-Amerika modeli ishlatiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 1990 yillar global iqtisodiy inqirozlarga to’g’ri keldi. Bu o’z navbatida Yaponiyaga ham ta’sir o’tkazdi. O’tgan asrning oxirgi o’n yilligida ikki model o’rtasidagi farqlar nafaqat yorqin, balki globallashuv jarayonida ushbu ikki modelning sof shaklda saqlanganligi haqida gapirish qiyin bo’lgan. Ular muqarrar ravishda bir-biriga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Ularning o’ziga xos xususiyatlari asta-sekin bir modeldan ikkinchisiga oqib o’ta boshlagan. Hozirda Angliya-Amerika modelining ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Yaponiya modeli esa ba’zi G’arb an’analariga ega bo’lib bormoqda.
Angliya-Amerika modelining namunali vakillari Procter & Gamble, kompaniyasi yuzdan ziyod brendga egalik qiladi. Uning raqobatchisi Unilever va Mars kompaniyalari ham ushbu model vakillari hisoblanadi. Har bir kompaniyaning faoliyat doirasi juda keng. Masalan, Unilever kompaniyasi Calve mayonezi, Knorr kubiklari, Algida muzqaymog’i, Beseda, Lipton va Brooke Bond choylari, Pishka va Rama yog’lari, Domestos, Sunlight va Cif tozalash vositalari, Rexona va Axe dezodarantalari, Timotei, Sunsilk va Organics shampunlari, Dove va Lux sovunlari, Pepsodent va Signal tish yuvish pastalari kabi brendlarga egalik qiladi .
Aksariyat iste’molchilar hatto bir nechta turli tovar belgilarini bir kompaniya tomonidan ishlab chiqarilganligini anglamaydilar. Hatto bitta toifadagi mahsulotlar ishlab chiqarishda bir kompaniya bir qancha brendlarni ishlab chiqishi mumkin. Mazkur brendlar turli maqsadli auditoriya uchun farq qiluvchi sifat va narxlarda ishlab chiqilishi mumkin.
G’arb modeliga ko’ra, kompaniya uchun yangi brend yaratish uzoq muddatli sarmoyadir. Dastlabki yillarda u ishlab chiqarishga, yangi brendni reklama qilishga katta investisiyalarni talab qiladi. Lekin bu muvaffaqiyatni anglatmaydi. Mijozlar yangi mahsulotga ko’nikib qolganidan bir necha yil o’tgach, brend daromad keltirishni boshlaydi. So’ngra tobora daromad keltiruvchi va yangi tovarlarni ishlab chiqarishga imkon beruvchi “sog’in sigir”ga aylanadi.
G’arb modelining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning asosiy afzalliklari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• individual brendni boshqarish qulayroq, uni mahalliy bozor sharoitlariga moslashtirish osonroq kechadi;
• iste’molchi bitta mahsulot turi, maqsadi, sifati, narxi va o’ziga xos afzalliklariga nisbatan bir nom va bitta turdagi mahsulotni osongina eslab qoladi;
• bunda brend mahsulot turkumidagi kuchli raqobatga bardosh berishi mumkin. Bu bozorning imkon chuqurroq segmentlash imkoniyati mavjudligi va brendni pozisiyalashni kuchliroq ekanligini anglatadi. Ushbu brend iste’molchilarning hududiy xususiyatlarini va mahalliy bozor sharoitlarini hisobga olishni osonlashtiradi;
• bir turdagi mahsulot imijini boshqa toifadagi tovarlar idrokiga ta’sir qilmasligi;
• adolasiz raqobat brendga putur yetkazishi mumkin, lekin kompaniyaning boshqa brendlariga mazkur salbiy voqyealar putur yetkazishi qiyin.
Ushbu yondashuvdagi kamchiliklarga har bir brendni alohida boshqarishni kiritish mumkin. Chunki bunday holatda kompaniya o’z tarkibida brendga mas’ul bo’linmalarni tashkil etishi, shuningdek bozor holatini kuzatadigan va iste’molchilarning xususiyatlarini o’rganadigan infratuzilmani shakllantirishi kerak bo’ladi.
G’arb modelida bir nechta turdagi tovar brendlari ajratib ko’rsatiladi. Birinchidan, bu tovar nomida ishlab chiqaruvchining nomi bo’lgan asosiy brenddir. Misol uchun, Hyeinz kompaniyasi “Hyeinz tomat ketchupi”, Wrigley’s kompaniyasi Wrigley’s Spearmint saqichlari va Nestle kompaniyasining Nestle Classic shokoladlarini ishlab chiqaradi.
Brend-soyabon tegishli tovar belgisi sifatida ishlatiladi. Bunday holatda, korporativ brendni ilgari surishga va buni iste’molchini ongida sifat kafolati sifatida mustahkamlanishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, kompaniya mahsulotlari reklamasida uning logotipi namoyish etiladi.
Qisqasi, soyabon brendining asosiy ustunligi shundaki, u kompaniyaning mahsulotlarini qo’llab-quvvatlaydi, ayni paytda brendni o’ziga xosligini saqlab qolishga imkon beradi.
Individual brend birinchi variantga mutlaqo ziddir, bu yerda tovarning mustaqil nomlari paydo bo’ladi. Bunga Unilever kompaniyasining brendinga yondashuvi klassik misol bo’la oladi. Uning barcha mahsulotlarida o’z nomlari bor. Masalan, Rama margarini, Lipton choyi.
Ba’zi kompaniyalar alohida mahsulot toifalarini brend deb hisoblaydilar.
Angliya-Amerika modeli quyidagi shartlarga amal qilinganda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi mumkin:
1. Tovarlarni segmentlar bo’yicha differensiyalash juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak, chunki brendlarning o’zaro bir-birini yo’q qilish holati yuz berishi mumkin. Maqsadli bozorni ahamiyasiz omillar asosida juda kichik qismlarga bo’lmaslik kerak, aks holda tovar belgilarini farqlash qiyinlashadi.
2. Brendni shakllantirish yoki rivojlantirish uchun yaratilagn mahsulotni differensiyasiyalash kerak. Brendlar uyining rivojlanish yo’lini tanlab olish ushbu turdagi brend arxitekturasiga sodiqligini nazarda tutadi.
3. Ketma-ketlikka albatta rioya etish kerak. Shuni esda tutish kerakki, “yerkin brendlar”ni qo’llashning kamdan-kam holatlarida kompaniyaning brendlari o’rtasida ijobiy va salbiy munosabatlar saqlanib qoladi. Agar brendlar va ularning arxitekturasini shakllantirdigan kompaniya ushbu munosabatlar hamda ta’sirni marketing va sotish samaradorligini oshirish uchun ishlashni istasa, unda buning uchun avval sharoit yaratish kerak.
Yendi brend arxitekturasini yaratishning boshqa, ya’ni Sharq modelini ko’rib chiqamiz. Yaponiya va Koreya brendlarining aksariyati korporativ brendlardir. Chunki ishlab chiqaruvchining nomi mahsulot nomiga ham tegishli bo’ladi. Masalan, Sony, Panasonic, Samsung ili LG.
Ushbu yondashuvning asosiy ustunligi shundaki, firma barcha mahsulotlarini sifatini diqqat bilan kuzatib borishi va o’z obro’sini saqlashi shart hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu modelni qo’llab-quvvatlaydigan xaridorlar o’z ehtiyojlarini qondirib bo’lib, ushbu markaning boshqa mahsulotlariga ham o’z ijobiy fikrlarini olib o’tadilar. Yana bir ijobiy jihat bu – ushbu brend arxitekturasi butun brend portfelini bozorga olib chiqa oladi (bir brendni alohida emas) va bu xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.
Shunday qilib, Branded House tizimining muvaffaqiyatini quyidagi omillar aniqlaydi:
1. Brendni bir yoki bir nescha xil maqsadli guruhga yoki umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan bir turdagi guruhga to’planishi. Shu bilan birga, brendning har qanday kengayishi xaridorga umumiy qadriyatlar va raqobatbardosh ustunliklar asosida yanada ko’proq individual tanlov qilish imkonini beradi.
2. Brendning ma’lum kasbiy ekspertizaning muayyan sohasida yoki ma’lum (ko’p yoki kamroq) mahsulot toifasida to’planishi(konsentrasiyasi).
3. Mega-brend yoki yapon modelini shakllantirish ishlari mavjud ishonchli brend mavjud bo’lgandagina boshlanishi mumkin. Shuningdek, qabul qilinadigan tovar qadr-qimmati va raqobat ustunligi yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun yetarli bo’lgandagina mumkin bo’ladi.
Sharq yondashuvining bir qancha qiyinchiliklari bor:
• iste’mol idrokining murakkabligi va shu sababli iste’molchining tanlovidagi qiyin holat. Iste’molchilar o’ziga tanish brendni boshqa odatiy bo’lmagan boshqa mahsulotda ko’rsa, kompaniya zarar ko’rishi mumkin. Xerox kompaniyasini iste’molchilar nusxa ko’chirish uskunasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi deb bilishadi. Kompaniya tomonidan Xerox brendi ostida kompyuter ishlab chiqarilib, xaridorlarga taklif etilganda ular ushbu taklifni qabul qilishni rad etishdi.
• kompaniyaning turli toifadagi tovarlar ishlab chiqarishini iste’molchilar tomonidan bilib olinishi, unga sodiq bo’lganlarning his-tuyg’ulariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Misol uchun, kompaniya tomonidan shokolad va it uchun ozuqani tayyorlanishi, shokolad iste’molini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
• bitta mahsulot nomi bilan bog’liq salbiy hodisalar muqarrar ravishda butun korporativ brendga tarqaladi. Bir mahsulotning salbiy taassurotlari avtomatik ravishda bir xil markaning barcha tovarlariga o’tadi;
• bunday korporativ brendni maqsadi, sifati, narxi va maqsadli auditoriyasi bir-biriga yaqin bo’lgan tovarlar bilan to’ldirilgan mahsulot toifasida mustahkamlash juda qiyin.
Kompaniya uchun House of Brands (brendlar uyi) yanada qulay va xavfsiz, ammo ancha murakkab va ancha qimmat yo’l hisoblanadi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin