I
“Nima ishlab chiqarayotgan, qanday xizmat kursatayotgan bo’lsang o’shani yaxshila” strategiyasi
|
II
“Bozorni rivojlantirish” strategiyasi
|
III
“Yangi mahsulot ishlab chiqarish” strategiyasi
|
IY
“Diversifikasiya” strategiyasi
|
UMUMIY STRATEGIYANING “TOVAR-BOZOR” MODILI
I-chorak mavjud bozorlar va tovarlar bo‘yicha korxona faoliyatining strategiyasini ifodalaydi. Bunday strategiyani odatda, ma’lum bozorlarda ma’lum bir tovarlar bilan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tanlaydi. Ular an’anaviy bozorda raqobat kurashida bardosh berishlari uchun marketing xizmatini yaxshilash, raqobatbardosh narxlarni belgilash, tovarlarni uzluksiz yetkazib berishga harakat qiladilar.
II-chorak korxonaning o‘z tovarlari bilan yangi bozorga kirib borish strategiyasini ifodalaydi.
III-chorak mavjud, o‘zlashtirilgan bozorga yangi tovarni ishlab chiqarib yetkazib berish strategiyasini ifodalaydi.
IV-chorak korxonaning bir bozor va bir tovar assortimentiga bog‘liqlikdan qutilish strategiyasini ifodalaydi. Bunda turli xil yangi tovarlar ishlab chiqarilib yangi bozorlarni ochish, ya’ni yangi tovarlar tomonidan bozorlarni diversifikatsiya qilish amalga oshiriladi. Bunday strategiyani qo‘llash xavf-xatar bilan bog‘liq. Chunki, diversifikatsiya strategiyasi hali bozori ham, haridori ham noma’lum bo‘lgan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni taqozo etadi.
6.2. Korxonada «o‘sish-ulush» matritsasini qo‘llanilishi.
“O‘sish-bozor ulushi” matritsasi. BKG matritsasida ikki mezondan foydalaniladi: birinchi mezon jalb qiluvchanlik indikatori sifatidagi maqsadli segmentning o‘sish sur’ati bo‘lsa, ikkinchisi raqobatbardoshlik indikatori sifatidagi eng xavfli raqobatchiga nisbatan bozor ulushidir. Bunda bo‘lish chiziqlari bilan to‘rt kvadrantga ajratilgan ikki kirishli jadval hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |