Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Kasb va mutaxassislik.
Gidlarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning 
asosiy yo‘nalishlaridan biri mutaxassislikdir. Eng avvalo «kasb» va 
«mutaxassislik» kabi ikki tushunchaningmazmuni va o‘zaro aloqasini aniqlab 
olamiz. 
Kasb
– aniq bilim va ko‘nikmalar jamlanmasini talab qiluvchi mehnat 
faoliyati shaklidir. 
Mutaxassislik
– bir kasb zahirasidagi faoliyat turi. Masalan: vrach bu – kasb 
bo‘lsa, terapevt, jarroh, stomatolog bu - mutaxassislik va sh.k. Kasb asosiy faoliyat 
turi bo‘lsa, «mutaxassislik» tushunchasi ma’lum kasb doirasida bilimva mahoratga 
erishganlik darajasini ko‘rsatadi, ya’ni, mutaxassis bu biror mutaxassislikni 
professional egallagan ishchidir. 


44 
Gidlarni tayyorlash jarayonining vazifasi - mutaxassislarni malakali gid 
qilish, ya’ni gid kasbining zaruriy bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi uchun har 
bir mutaxassisga yordam berishdir. Bunda ishni shunday tashkil etish kerakki, 
ekskursiya muassasasiga kelgan kishi o‘z mutaxassisligini nafaqat saqlab qolsin, 
shu bilan birga uni takomillashtirib, ekskursiya xizmatini yaxshi tashkil etishi 
uchun o‘z vazifasini mustahkamlasin.
Tarix o‘qituvchisi gid bo‘lganidan keyin tarixiy mavzuda ekskursiyalar 
o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir. Undan tabiatshunoslik mavzusida ekskursiya 
mavzusini tayyorlashni talab qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu mavzudagi ekskursiyalarni 
mutaxassis – biolog, geograf tayyorlashi maqsadlidir. 
Ekskursiya muassasalari va davlat muzeylari qoshida gidlarning malakasini 
oshirish kurslari tashkil etilgan (tarixiy, adabiyot, tabiatshunoslik, va sh.k.). 
Masalan, Samarqand viloyatining Davlat muzey-qo‘riqxonasi qoshidagi gid-
ekskursovodlarni tayyorlash o‘quv markazida 216 soatlik «Ekskursiya xizmatlarini 
tashkil etish» qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kursni 
tamomlagan tinglovchilarga «O‘zbekturizm» MK tomonidan «Samarqand shahri 
gidi» ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlash haqida guvohnoma beriladi. Hozirda 
ushbu kursda 2013 yilda jami 116 nafar, 2014 yilda jami 107 nafar tinglovchi 
o‘qidi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin