Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


Gid kasbining shakllanishi bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Gid kasbining shakllanishi bosqichlari 
Bosqich- 
lar 
Jarayon nomi 
Harakat joyi 

Insonlar bilan madaniy jamoaviy 
ishlarni olib borish ishtiyoqining 
shakllanishi 
Umumla’lim maktabi, klubli 
muassasalarda 

Mutaxassislik bo‘yicha bilimlar 
tizimiga ega bo‘lish 
OTM, kurslar, mustaqil o‘rganish 

Kasbiy mahorat asoslarini 
o‘rganib olish 
Gidlarni tayyorlovchi kurslar, 
turizm mutaxassisligi bo‘yicha 
OTMda 

Mutaxassislik bo‘yicha bilim, 
malaka, ko‘nikmalarni 
takomillashtirish 
Malaka oshirish kurslari, gidlarning 
uslubiy to‘garaklarida 
Kasbiy talablar
.
Gid kasbini tanlagan insonlarga ushbu kasb bir necha 
talablarni qo‘yadi, ya’ni madaniy-tarbiyaviy ishlarga ishtirok etish ishtiyoqi, tarbiya 
jarayonida ekskursiya xizmatining mohiyati, undagi o‘z rolini tushunishi, burchini 
his etishi, yaxshi diksiyaga ega bo‘lishi, bir yoki bir necha ekskursiya mavzulari 
bo‘yicha aniq bilimlarga ega bo‘lishi, madaniyatsizlik va eskicha qarashlarga 
befarq bo‘lmasligi, o‘z bilimlarini uzluksiz takomillashtirishi, yangilikka intilishi, 
ishda tashabbus ko‘rsatishi va ijodiy yondashishi, ekskursantlarni qiziqtirishi va 
talablarini chuqur o‘rganishi, turli guruhdagi insonlarga xizmat ko‘rsatishda 
turlicha yondashuv; tarbiyaviylik, yuqori madaniyat va xulq-atvor, ekskursantlar 
2
Ўзбекистон Республикасининг «Туризм тўғрисида»ги Қонуни//«Халқ сўзи» газетаси, 1999. 


43 
bilan to‘g‘ri munosabat yuritishi, ekskursiya xizmatini o‘tkazish uslubiga ega 
bo‘lishi, xullas, kasb sirlarini yaxshi bilishi kerak. 
Har bir gid nafaqat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarga, balki pedagogika 
va psixologiya asoslarini ham bilishi zarur bo‘lmoqda. Gid o‘z ishini to‘g‘ri tahlil 
qilishi, o‘tkazgan ekskursiya xizmatiga ob’ektiv baho berishi, prinsipial va o‘ziga 
nisbatan talabchan bo‘lishi muhimdir. 
Gid kasbi aniq amaliy malakaga ega bo‘lishni talab qiladi. Bu malaka unga 
o‘z bilimlarini auditoriya uchun to‘g‘ri tanlab olish, mujassamlashtirish va samarali 
uzatish imokoniyatini beradi. Gid kasbini tanlaganlar quyidagilarniqila olishi kerak: 
zaruriy, aniqma’lumotlarni tanlashi, o‘qibo‘rganishi, aniq mavzudagi ekskursiyaga 
individual matn tayyorlashi, uslubiy qo‘llanmani tuzishi, ularni amaliyotda 
qo‘llashi, «gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtidaqo‘llashi, 
boshqa gidlar bilan tajriba almashishi, mintaqaning ekskursiya imkoniyatlarini 
targ‘ib qilishda ishtirok etishi va sh.k. 
Gidning amaliy bilim va ko‘nikmasi unga uslubiy ishlarda qatnashishda, 
to‘garaklarni, turistik guruh rahbari hamda turagentlar uchun malaka oshirish 
kurslarini olib borishda, yosh gidlarga yordam berishda kerak bo‘ladi. Amaliy bilim 
va malakaning mavjudligi gid ustamonligining mustahkam negizidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin