49
a)
holat obro‘yi,
bu gidning ekskursiya rahbari, ekskursantlarni boshqarishi
faoliyatini nazorat qilishi bilan belgilanadi;
b)
bilimliligi obro‘yi, ekskursiya
mavzusini ekskursantlardan ko‘ra chuqurroq
bilishi gid obro‘yini mustahkamlaydi;
d)
malakaviylik obro‘yi, ekskursiyalarni
o‘tkazish
tajribasining mavjudligi
malakaviylik obro‘yini shakllantiradi (ekskursiyani o‘tkazishning uslubi va
texnikasini qo‘llash ko‘nikmasi);
e) gid obro‘yining muhim negizi bu- uning
nutq madaniyati va noverbal
vositalarni
qo‘llay olishidir;
g)
ekskursantlar bilan o‘zaro munosabati
, guruhda zaruriy muhitni yaratish.
Bunda uning o‘zini tutishi madaniyati va nutqi gid obro‘yining negizi hisoblanadi.
Gid kasbiy mahoratining asosini uning malaka va ko‘nikmasi tashkil etadi.
Malaka
- bu insonning egallagan bilim va ko‘nikmalari yordamida ma’lum
harakatlarni bajarishdir. Malaka – ongli, hatti-harakatning
avtomatlashtirilgan
tarkibiy qismi. Malaka – faoliyat jarayonida uning biror-bir elementini (ongning
eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir. Ko‘nikma, malakalar maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi.
Kasbiy mahoratni shakllantirish uchun chuqur bilim va uslubiy vositalardan
foydalanish malakasi zarurdir. Gid mahoratini egallashning quyidagi yo‘llari
mavjud: boshqa gidlar tajribasini qo‘llash, o‘quv mashqlarini bajarish,
ekskursiyalarga qatnashib ko‘rish va sh.k. Gidning muhim mahoratlaridan biri
auditoriya uchun bilimlarni qulay moslashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: