Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

3.3.
 
Gidning nutq madaniyati 
 
Ekskursiya xizmati mavzusini ekskursantlar eshitish va ko‘rish orqali qabul 
qilishadi, ya’ni ekskursiya jarayonida bevosita gidning ovozini eshitishadi. 
Ekskursantlar qarshisida gid quyidagi holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin:

axborot beruvchi
, ya’ni gid biror-bir voqea, hodisalar haqida o‘z 
munosabatini bildirmasdan, mohiyatini tushuntirmasdan, faqatgina hikoya qiladi, 
ya’ni ekskursantlarni bilimlardan xabardor qiladi; 

suhbatdosh
, ya’ni ob’ektlarni ko‘rsatish jarayonida gid suhbatdosh rolini 
bajaradi. 
Axborotlar 
savol-javob 
shaklida 
yetkaziladi, 
ekskursantlarning 
ma’lumotlarga nisbatan fikri inobatga olinib, suhbatning qiziqarli bo‘lishi 
ta’minlanadi. Gid ularning munosabatlaridan, savollaridan kelib chiqib hikoyaga 
qo‘shimcha ma’lumotlar kiritishi mumkin; 

sharhlovchi, 
ya’ni gidkuzatilayotgan ob’ektlar, voqea, hodisalar haqida 
axborot berib, uning sabablarini izohlaydi; 

maslahatchi
, ya’ni gid ob’ektni tushuntirib uni to‘g‘ri ko‘rish bo‘yicha 
maslahat beradi, ya’ni ekskursantlarni zaruriy xulosalarga kelishiga ko‘maklashadi; 

hissiyotli lider
, gid ob’ektlar va voqealarni tahlil qiladi, muammolarga 
baho beradi, o‘z hissiyotlarini ekskursantlarga yetkazadi, kuzatayotgan ob’ekt yoki 
hodisani tushunib olishga yordam beradi. 
Nutq madaniyati.
Nutq odobi insonning umumiy ahloqini belgilovchi 
asosiy mezondir. «Nutq madaniyati» deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni, 
tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos, adabiy me’yordagi ifodalar 
bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday noxush xabarni ham tinglovchiga beozor 
yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni, adabiy til me’yorlarini 


53 
mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan 
paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini 
egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali 
erishiladi. 
Lug‘aviy so‘z boyligi, grammatik to‘g‘ri, badiiy ifodalangan, mantiqiy 
tuzilgan, maqsadli imo-ishoralardan iborat nutq madaniy nutq hisoblanadi. «Nutq 
madaniyati» tushunchasi og‘zaki va yozma nutqqa tegishlidir. Har ikkisi ham 
mazmunli, tushunarli, ifodali va zamonaviy bo‘lishi kerak. Gidning yozma nutq 
madaniyati quyidagi hujjatlar bilan ishlashda namoyon bo‘ladi: asosiy va individual 
matnda, uslubiy qo‘llanmalarda, referat, ma’ruza, taqriz, bibliografik obrazlarda. 
Asosiy matn adabiy tilda, individual matn ko‘proq og‘zaki tilda tuziladi. 
Til shunday ma’no-mazmunni anglatadiki, uning mavjud bo‘lishi va 
ifodalanishi nutq orqali amalga oshadi. Til bir tomondan nutq hosil qilinadigan va 
tushuniladigan qurilma sifatida talqin qilinsa, ikkinchi tomondan, mutaxassislar 
nutq faktlaridan xulosa qiladigan qoidalar tizimi, birliklar majmuasidir. Bu 
tushunchalarning har ikkalasi ham o‘zaro bir-birlariga bog‘liqdir, chunki til qurilma 
sifatida mohiyatni anglatadi, bu mohiyatni unda mavjud bo‘lgan qoida va birliklar 
orqali bilish mumkin. Nutq, birinchidan, fikr-mulohaza bildirish jarayoni, 
ikkinchidan, u til qurilmasi faoliyati natijasidir. Til va nutq haqida bildirilgan 
bunday fikrlarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, ular o‘zaro bog‘liq, bir-birini 
taqozo etuvchi hodisalardir va ayni paytda, ular o‘rtasida muayyan farqlar ham 
mavjudki, bularni alohida eslatish lozim bo‘ladi. Til potensial hodisa bo‘lib, 
kishilar ongida bolalikdan o‘zlashtirilgan gapirish qobiliyati va nutq orqali 
ifodalangan fikrni tushunish vositasi sifatida mavjud bo‘ladi. Nutq esa mavjud 
imkoniyatni voqelantirish va so‘zlashuv qobiliyatini aniq muhitda amalga oshirish 
jarayonidir. Nutq har bir alohida kishini individ va shaxs sifatida xarakterlovchi eng 
samarador vositalardan biridir. Insonlar muloqoti nutq orqali amalga oshiriladi. 
Uning yordamida odam o‘z fikrini, hissiyotlarini, kayfiyatini, istaklarini ifodalaydi. 
Nutq individual hodisa bo‘lsa-da, aksariyat hollarda biz bir-birimizni tushunamiz. 


54 
Tushunish so‘zlashish faoliyatida ayrim o‘ziga xos va umumiy xususiyatlarning 
mavjudligi tufayli yuz beradi. Bunday xususiyatlar muayyan til jamoasi 
ishlatadigan birliklar (fonemalar, morfemalar, so‘zlar, gaplar) va ulardan 
foydalanish qoidalarining umumiyligidadir. Umumiy birliklar va qoidalar til 
tizimiga mansub bo‘lib, ularning individual nutqda ishlatilishi nutqning 
strukturaviy asosini tashkil qiladi. Aynan shu asosda nutqning muloqot 
jarayonidagi vazifasi amalga oshiriladi. Gapirish va tushunish jarayoni odamlar 
orasida fikr almashinuv, hissiyotlarini bildirish, axborot uzatish ehtiyoji tufayli ro‘y 
beradi va bularning hammasi ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Nutqning aynan 
mana shu ijtimoiy asosini til tizimi tashkil qiladi. Demak, nutq umumiy va ijtimoiy 
xususiyatga ega bo‘lgan tilga nisbatan individual munosabatdagi hodisadir.
Nutq
– til imkoniyatini namoyon etish, ovozli yoki yozuvli shaklga ega 
insonlar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Nutqda til imkoniyatlaridan foydalanish 
gidga ma’lum mavzudagi aniq bilimlar majmuini yorqin ifodalash imkonini beradi. 
Nutqning tushunarliligi, aniqligi va ifodaliligi so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, iboralar 
tuzilishi kabi ko‘pgina omillarga bog‘liq. 
Nutq 
tashqi
va 
ichki
nutqqa bo‘linadi. 
Tashqi nutq
kommunikativ 
ahamiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati boshqa insonlarning eshitib, tushunishiga 
yo‘naltirilgan. Gidning hikoyasi – tashqi nutq namunasi bo‘lib, uning vazifasi 
ekskursantlarning ongi va harakatlariga ta’sir ko‘rsatish, aniq ob’ektlar haqida 
axborotlarni yetkazishdir. Tilning ikki asosiy funksiyasi mavjud: bilimlarni uzatish 
va hozirgi holatni izohlash. Ekskursiyada tilning funksiyasi auditoriya bilan 
muloqot jarayonida bilimlarni berish, hissiyotlarni so‘zli ifodalashdir.
Har bir nutq turi va ularning tarkibiga kiruvchi nutq ko‘rinishlari notiqlikning 
alohida janrini tashkil etadi. Shunday ekan, har bir janr, uning tabiati bilan 
belgilanadigan asosiy maqsad yo‘nalishlariga va muayyan ta’sirchanlik doirasiga 
ega. Har bir nutq turi o‘ziga xos asosiy maqsad-yo‘nalishiga ega. Xususan, bir 
martalik nutqlarning asosiy maqsadi tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish orqali nutqni 
«yutib chiqishdir». Bu haqda Aristotel shunday yozgan edi: «Ritorika»ning uch turi 


55 
mavjud, chunki tinglovchilar ham shuncha turda bo‘ladi. Nutq uch unsurdan tashkil 
topadi: notiqning o‘zi, nutqning predmeti va u murojaat etayotgan kishi; ayni 
u(men tinglovchini nazarda tutayapman) barcha ishning oxir maqsadidadir. 
Ichki nutq
– bu insonning ichki dunyosi nutqi, auditoriyada yetkazilishi kerak 
bo‘ladigan fikrlarning oldindan shakllanishidir. Inson biror predmet haqida 
o‘ylayotganida o‘zining ichki ovozi bilan dialog yuritadi. Ichki nutqi yordamida 
fikr yuritadi, unda chizmalar, obrazlar,jadvallar kabi yordamchi vositalardan 
foydalanadi. Ichki nutq insonning olgan bilimlariga tayanadi. Gid ichki nutq 
yordamida ekskursiya mazmunini to‘liq yoki qisman hayolida takrorlaydi. Har bir 
gid mantiqiy mashqlarni hal qilishda o‘z-o‘zi bilan muloqot qilib, ichki nutq 
imkoniyatlarini to‘liq qo‘llashi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin