Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

6.3.
 
Sinov ekskursiyasini o‘tkazish va ekskursiya mavzusini
tasdiqlash tartibi 
 
Ekskursiyaning uslubiy ishlanmalari va asosiy matni ijobiy baholanib, «gid 
portfeli», marshrut sxemasitaxlanganidan so‘ng sinov ekskursiyasi kuni 
belgilanadi. Sinov ekskursiyasini odatda ijodiy guruh rahbari o‘tkazadi. Sinov 
ekskursiyasida turfirma rahbarlari, ijodiy guruh a’zolari, to‘garak a’zolari, soha 
mutaxassislari taklif etiladi. Sinov ekskursiyasi jonli bahs-munozara tarzida 
o‘tkazilib, ushbu jarayonda kamchiliklar aniqlanadi. Sinov ekskursiyasi 
ishtirokchilari avvaldan uning asosiy matni, texnologik xaritasi, marshrut sxemasi, 
«gid portfeli» tarkibi, adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqqan bo‘lishi kerak.
Agar ekskursiyaning asosiy matni, texnologik xaritasi, narxi va foydalilik 
darajasi ijobiy baholansa, unda ekskursiya muassasasi rahbari yangi ekskursiya 
mavzusi va uni o‘tkazishga ruxsat olgan gidlar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha 
buyruq chiqaradi. Mavzuni mustaqil tayyorlagan boshqa gidlar keyinchalik 
mustaqil sinov ekskursiyasini o‘tkazishadi. Ish stajidan qat’iy nazar gid uchun 


110 
yangi bo‘lgan mavzuda ekskursiya o‘tkazishdan oldin uning qo‘lida individual 
matn bo‘lishi shart va shundagina rahbariyat buyruq chiqaradi.
Yangi mavzu bo‘yicha ekskursiya tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, unga 
bir nechta hujjatlarzarur bo‘ladi:
6.2-jadval 
 
Harbir ekskursiyamavzusiuchunzaruriy hujjatlar ro‘yxati 
 
T/

Hujjatningnomi 
Hujjatningmazmuni 

Mavzubo‘yichaadabiyotlarro‘yxati 
Mazkur ekskursiya mavzusini 
tayyorlashuchunfoydalanilgan kitoblar, 
maqolalar, broshyuralar, davriy nashrlar
ro‘yxati beriladi. 

Marshrutgakiritilganob’ektlarkarto
chkasi 
Ekskursiyaob’ektinitavsiflovchi 
ma’lumotlar bo‘lib, unda ob’ekt nomi, 
joylashuvi, qisqacha ta’rifi, muallifi va 
barpo etilgan yili beriladi. 

Ekskursiyaningasosiymatni 
Mavzuniyorituvchi saralangan va 
manbalarga tayanib tayyorlangan matn. 
Matn mazmuni mavzuostilar va asosiy 
savollarni yoritib beradi, tashkiliy qism, 
xulosa, mantiqiy o‘tishlarga asos 
bo‘ladi. 

Gidningindividual matni 
Uslubiy ishlanmaga mos keladigan aniq 
bir gid tomonidan tayyorlangan matn. 

Marshrutsxemasi 
Ekskursiya 
guruhiharakatlanadiganyo‘lalohidavaraq
da ko‘rsatiladi. Marshrutningboshlanishi 
va oxirginuqtasi, ko‘rsatiladiganob’ekt 
to‘xtash joylari belgilangan bo‘ladi. 

«Gidportfeli» 
Chizmalar, namunalar, hujjatlar, 
rasmlar, xaritalar, 
reproduksiyalarvafotosuratlarjamlangan
papka. 

Mavzuningtexnologikxaritasi 
Ekskursiyanio‘tkazishbo‘yichatavsiyano
malar, ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya 
qilish usullari beriladi. Ob’ektlarni, 


111 
ko‘rgazmali vositalarni ko‘rsatish 
ketma-ketligi aniqlanadi. 

Ekskursiya materiallari 
Referatlar, jadvallar, raqamli 
ma’lumotlar, hujjatlar nusxasi, 
adabiyotlardan sitatalar beriladi. 

Mavzu bo‘yicha ekskursiya 
o‘tkazadigan gidlar ro‘yxati 
Ushbu ro‘yxatda maxsus buyruq bilan 
tasdiqlangan gidlar kiritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin