Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


 Ekskursiyaxizmatidaob’ektlarnihikoyaqilishning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

 
8.2. Ekskursiyaxizmatidaob’ektlarnihikoyaqilishning 
o‘zigaxosxususiyatlari 
 
Ekskursiyaxizmatiamaliyotidaob’ektnihikoyaqilishningoltitao‘zigaxosxususiy
atlariniajratishmumkin: 
1.
 
Guruhning 
harakatlanishi 
tezligiga 
hikoya 
tezligining 
bog‘liqligi.
Gidhikoyasiekskursiyamarshruti, harakatlanishritmigatobedir. Masalan,
bolalarguruhiuchuntayyorlanganhikoyaharakatlanishtezligidagitafovuttufaylikattay
oshdagiguruhdafoydalanilmaydi, 
shuningdek, 
birmavzudagihikoyapiyodavaavtobusliekskursiyadaturlichahajmdabo‘ladi.
 
2.
 
Hikoya qilishning ob’ektni ko‘rsatishga tobe’ligi.
Gidning hikoyasi 
marshrutda ko‘rsatiladigan ob’ektdan ajralmaydi. Hikoyaning mazmuni ob’ektni 
kuzatish vazifasiga bo‘y sunadi. Hikoya ko‘rsatiladigan ob’ektlar bilan birga berib 
boriladi, uni to‘ldiradi, ko‘ringanlarni izohlaydi. Hikoyaning mazmuni 
o‘rganiladigan ob’ekt bilan belgilanadi (tabiat, muzey ekspozitsiyasi, tarixiy obida, 
qadrli joylar, urf-odatlar va sh.k).
 
3.
 
Hikoya qilishda ko‘rgazmali dalillardan foydalanish.
Gid hikoyasi shunday 
tuziladiki, go‘yo ob’ektlarning o‘zi «so‘zlayotgandek» bo‘ladi.Bundayin natijaga 
hikoya qilishning obrazli ijrosi, ob’ektni mohirlik bilan ko‘rsatilishi, «gid 
portfeli»dagi ko‘rgazmali materiallardan to‘g‘ri foydalanish orqali erishiladi. 
Hikoya qilish ob’ektni ko‘rsatish bilan uyg‘unlikda olib borilmasa, u ma’ruzaga 
aylanadi.
 
4.
 
Hikoya qilishning taalluqligi (bir predmetga qaratilganligi), 
ya’ni, 
hikoyaning ekskursantlar nigohi qaratilgan ob’ektga bog‘liqligidir. Gid o‘z 


130 
hikoyasida aniq bir ob’ekt – bino, me’moriy ansambl, tabiat durdonasini inobatga 
olayotgan bo‘ladi. Ushbu metodikaning o‘ziga xosligi shundaki, gid ekskursantlar 
diqqatini bir predmetga qaratishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Ushbu holat 
bir xil o‘xshash binolar joylashgan ko‘chada ro‘y berayotgan bo‘lsa, u holda 
kerakli binoni ajratib olish uchun gid tomonidan uning rangi, qurilish uslubi 
ta’kidlab o‘tiladi. Ekskursantlar binoni ilg‘ab olganidan so‘ng gid hikoyasini 
davom ettiradi.
 
5.
 
Ekskursiya hikoyasining aniqligi.
Aniqlik degani bu nafaqat mavzudagi 
balki, keltirilgan faktlardagi aniqlik hamdir. Hikoya qilishda aniqlik materiallarni 
umumiy tarzda havola etish emas, aksincha mavzuni ochib berishda, tushuntirishda 
aniq 
materiallardan 
foydalanish 
tushuniladi. 
Hikoya 
qilishda 
aniqlik 
materiallarning rangbarangligi (dalillar, misollar, sanalar, raqamlar, familiyalar) 
bilan belgilanadi, deyish noo‘rin. Ekskursiya xizmatida materialning aniqligi – 
fikrning aniqligi, ma’lum bir narsani aniq va konkret shaklda berishdan iborat.
 
6.
Hikoya qilishning ta’kidlovchi xususiyati.
Gid tarixiy voqea-hodisalarni 
hikoya qilishda u xuddi shu tarzda, aynan shu joyda, sanab o‘tilgan shaxslar unda 
ishtirok etganligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Aniq bir voqeani ta’riflashda hozirgi 
zamon (o‘tmish yoki kelajakka) bilan bog‘laydi, uni ob’ektiv isbot sifatida, 
ma’lum bir shaxs tomonidan amalga oshirilganligiga urg‘u berib o‘tadi. Puxta 
tayyorlangan va o‘tkazilgan ekskursiya xizmati ekskursant xayolida ko‘rib turgan 
ob’ektdan ham ziyoda narsalarni ilg‘ab olish imkonini berishi mumkin. 
Ko‘pgina ekskursiya xizmati ob’ektlari unga bog‘liq voqea-hodisalar bilan 
qiziqarli bo‘lishi mumkin. A harfi bilan ekskursiya xizmati ob’ektini belgilasak, B 
harfi bilan uning atrofida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni keltirsak, unda quyidagi 
oddiy formulani olamiz: A+B. Mazkur formulaning mazmuni ekskursiya xizmati 
amaliyotida turlicha variantlarga ega. Ularning ayrimlarini keltiramiz. 
Ekskursiya arayonidagi hikoya mavzuni ochib berishdagi axborot hamda 
tahliliy material hisoblanadi. Gid hikoyasi orqali ob’ekt, voqea-hodisa to‘g‘risida 
ma’lumot beradi, tushuntiradi, ta’riflaydi, ma’lum bir ma’noda uning qiyofasini 
shakllantiradi. Ekskursiya jarayonida mutaxassislar hikoya qilishning ko‘pgina 


131 
usullaridan (ma’lumot berish, tushuntirish, tavsiflash, izohlash) foydalanishadi. 
Ekskursantning xulosasi nafaqat eshitganlariga, balki ko‘rganlariga ham 
asoslangan bo‘ladi. 
8.1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin