Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

TILLAKORI MAJMUASI (1646-1660
-
yillar) 
 
Tillakori majmuasi peshtoqi.
Hurmatli ekskursantlar! Qarshingizdagi 
masjid-madrasa Registonning uchinchi tarafida Bahodir Yalangtush farmoniga 
binoan 1646-1660-yillarda (14 yil davomida) qurilgan, Tillakori nomi bilan atalgan 
yangi masjid-madrasa binosi hisoblanadi. Binoning bosh tomoni maydon tomonini 
yopib, Registon maydonining ko‘rinishini mukammalashtirishi lozim edi. Asta-
sekin to‘kilayotgan Bibixonim jome’ masjidining holati shunday darajada yomon 


166 
ediki, unda nomoz o‘qish xavfsiz emas edi. Shuning uchun Tillakori madrasasi va 
hovliningg‘arb tarafida masjid qurilishihaqidaqarorqabulqilindi. Tillakori 
masjidining qurilishi o‘n yilga yaqinlashganida Yalangtush Bahodir olamdan 
o‘tadi. Boshlangan qurilishning nihoyasiga yetkazish e’tiborsiz qoldi. Masjid 
qurilishi oxirigacha yetkazilmasdan, ikkinchi qavat bilan gumbaz berkitilmay 
qoldi. Registonning qolgan ikki madrasasidan bu madrasa yoni old tomoni 
yo‘llanmasi, ikki qator peshayvon mavjudligi, burchaklarda minoralar yo‘qligi 
bilan ajralib turadi. Minoralar o‘rnini moviy gumbazchalar bilan yopilgan chiroq 
o‘rinli kichik bo‘yli burjlar egallagan. Old tomonida peshayvonlar o‘rnatish uslubi 
ikki tomondan yopiqo‘lkan devor va arkli peshtoqlar orasida mavjud binoning 
maydon muhitidagi ma’nosini yanada kuchaytiradi. 
O‘ng tomonda Shayboniylar dahmasi, keyin esa Chorsu «Toqi 
telpakfurushon» ya’ni bosh kiyimlar sotiladigan rastani ko‘rishingiz mumkin.
Hurmatli ekskursantlar keling Tillakori majmuasiga kirsak! 
Tillakori majmuasi hovlisi. 
Hurmatli ekskursantlar! Tillakori majmuasining 
qurilish va bezak uslublari O‘zbekiston me’morchilik obidalaridagi boy 
an’analarning biridir. Tillakori masjid-madrasa qurilishining asosiy sababi 
Bibixonim jom’e masjidining xaroba holatiga aylanganligi va shaharda namoz 
o‘qish uchun katta masjid kerakligi sababli, aynan shu masjid-madrasa qurilishi 
Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush tashabbusi bilan boshlanadi. Noto‘g‘ri 
shakldagi to‘rtburchak reja Registon maydoni tarafidan kirish peshtoqi va uchta 
eshiklardan iborat. Hujralarhovlining uch tarafida va maydon tomonda joylashgan. 
Masjidning boy naqshlarida tilla suvi yuritilgan va katta o‘rta xonadan iborat 
(Tillakori so‘zi 
«tilla bilan qoplangan»
degan ma’noga ega) bo‘lib, yana ikkita 
yonbosh xonalardan tuzilgan, ularning tepasi ark va g‘isht ustunlaridagi gumbazlar 
bilan yopilgan. 
Aytib o‘tganimizdek, masjid-madrasa Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush 
farmoniga binoan quriladi. Ammo, Bahodir Yalangtush vafoti tufayli, 
Tillakorining qurilishi oxirigacha yetkazilmaydi. Natijada yillar o‘tgan sayin 
masjid-madrasaning umumiy ko‘rinishida nuqsonlar ko‘payib boradi. Ammo 


167 
shunga 
qaramasdan, 
Tillakori 
masjid-madrasasi 
Registon 
maydonining 
shakllanishiga bugungi kundagi takrorlanmas ansambl tashkil etilishiga olib keladi.
Hurmatli ekskursantlar! Marhamat endi Tillakori masjid-madrasasining 
«Tilla 
bilan qoplangan»
deb nom olgan masjidi tomon yo‘l olsak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin