Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev


Ekskursiya xizmatining nomi (nomlanishi)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Ekskursiya xizmatining nomi (nomlanishi)
– bu bevosita yoki bilvosita 
shaklda ekskursiya xizmatiningmazmunini anglatuvchi uning tildagi ifodasidir. 
Ekskursiyaxizmatining nomi aniq mazmunda bo‘lishi, ikki xil talqin qilinmasligi 
kerak. Ekskursantlar tarkibi, ekskursiya xizmati vazifasidan kelib chiqib, bitta 
mavzudagi ekskursiya xizmatining bir nechta nomi bo‘lishi mumkin. Masalan, 
«Samarqand – Amir Temur davlati poytaxti» nomli ekskursiya xizmatini «Tungi 
Samarqand», «Samarqand– Sharq gavhari», «Samarqand – Sharq Rimi» deb 
nomlash ham mumkin. 
Ekskursiyaxizmati mavzusining asosiy maqsadi– ekskursantlarni ekskursiya 
xizmatlariga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirishhisoblanadi. Shu maqsaddan kelib 
chiqib, turistik firmalarning muhim vazifasimuntazam ravishda yangi, qiziqarli 
mavzulardagi 
ekskursiya 
xizmatlarini 
tayyorlash, 
amaldagi 
mavzularni 
takomillashtirish, iste’molchilarga taqdim etilayotgan ekskursiyaxizmatlari hajmini 
va sifatini oshirishhisoblanadi. 
4.3. Ekskursiyaxizmatima’lumotlariuchun 
manbalarizlash 
 
Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida mavzuni 
yoritishga yordam beruvchi kitoblar, broshyuralar, gazeta va jurnallarda chop 
etilgan maqolalar,internet sahifalari ro‘yxati taxlanadi. Ushbu ro‘yxatda gidlarga 
matn tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan amaliy va nazariy ma’lumotlarning adabiy 
manbalari kiritiladi. Ijodiy guruhga ishlash qulay bo‘lishi uchun adabiyotlar 


81 
ro‘yxati bir necha nusxada ko‘paytirib, muallifi, nashriyotning nomi, chop etilgan 
yili, shuningdek, boblar, bo‘limlar, betlar berilishi kerak. Adabiy manbalarning 
ro‘yxatini «asosiy adabiyotlar» va «qo‘shimcha adabiyotlar»ga bo‘lish tavsiya 
etiladi. 
Matbuotda chop etilgan ma’lumotlardan tashqari, boshqa masalan, davlat 
arxivlari, muzeylar, xronik-hujjatli va ilmiy-ommabop kinofilmlar va shu kabi 
manbalardan 
ham 
foydalanish 
mumkin.Bunday 
manbalar 
ro‘yxatini 
ekskursiyaxizmati mualliflari tuzadi. Manba sifatida tarixiy voqea, hodisalar 
ishtirokchilarining xotiraviy hikoyalaridan ham foydalanish mumkin. Biroq, 
noaniqliklardan va chalkashliklardan qochish maqsadidaxotiraviy ma’lumotlardan 
ehtiyotkorona foydalanish tavsiya etiladi. Ekskursantlarga hikoya qilib berish 
uchun ishonchli, mukammal tekshirib ko‘rilgan fakt va ma’lumotlardan foydalanish 
zarur.Ekskursiya ma’lumotlarini qidirish va tizimlashtirishda kompyuter 
ensiklopediyalari, shu jumladan, lazerli disklarda (SD disklar) joylashgan 
multimediyali bazaviy ma’lumotlar ham katta yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin