86
ettiramiz»; «kelinglar, yana bir ajoyib joyni ko‘ramiz»). Bunday rasmiy o‘tishlarni
ishlatishni inkor qilish yoki ekskursiya jarayonidagi
xatolik deb qarash ham
noto‘g‘ridir. Agar ob’ektlar orasidagi masofadan sanoqli soniyalarda o‘tilsa
(avtobusda, poyezdda, qayiqlarda) bunday o‘tishlar majburiy ishlatiladi (masalan,
«endi o‘ng tomonga qarang» yoki «endi yon tomonda joylashgan obidaga e’tibor
berishingizni so‘rayman»). Yana ob’ektlar muzey va ko‘rgazmalardagi
mavzuli
zallarda, devorlarda bir-biriga nisbatan zich joylashgani
sababli ham rasmiy
o‘tishlardan foydalaniladi. Rasmiy o‘tishlar mavzuostilar orasida «bog‘lovchi
ko‘prik» bo‘lmasada, ekskursantlarni keyingi ob’ekt bilan tanishishga yo‘naltiradi.
Mavzu bilan uyg‘unlashtirilgan mantiqiy o‘tish samaraliroqdir. Bunday o‘tish
guruhning keyingi to‘xtash joyiga harakatlanishidan oldin yoki ob’ekt
oldidagi
to‘xtash joyida tugashi mumkin. Mantiqiy o‘tishning davomiyligi bir ob’ektdan
ikkinchisiga o‘tish vaqtiga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: