Xulosa va takliflar..……………………………………………………..46
Ilovalar…………………………………………………………….............48
Kirish.
5230600 “Moliya” o’quv yo’nalishi bo’yicha talabalarni malakasi yetuk mutaxassis kadr qilib tayyorlashda “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” va “Moliyaviy hisob” fanlarida o’rgatiladigan buxgalteriya hisobi nazariy asoslarini tashkil qiluvchi uning predmeti, metodi, usullari , tamoyillari,hisob yuritishning me’yoriy –huquqiy va tashkiliy ta’minoti,korxonalarning moliyaviy hisobini tashkil etish asoslari, ularning aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitalini hisob va hisobotda aks ettirishning tartib qoidalarinihamda ularda shakllantirilgan buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni biror –bir ishlab chiqarish yoki ko’p tarmoqli korxonalarning buxgalteriya bo’limida amaliyotda tatbiq hamda tahlil qilish muhim o’rin egallaydi.
Ushbu hisobotga men amaliyot o’tagan korxona, “BRADJUS” MCHJ QK ning buxgalteriyasida mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida, korxonada yuz bergan moliyaviy –xo’jalik operatsiyalarni hamda ayrim yuz berayotgan operatsiyalarda ishtirok etib (hodimlarga ish haqi hisoblash, ta’minotchilarga pul o’tkazmalari, bank bilan turli operatsiyalar va shu kabilar)ularni atroflicha o’rganib va ushbu operatsiyalarni amaldagi qonunchilikka mosligini tahlil qilgan holda aks ettirdim.
Ushbu bitiruv oldi malakaviy ishlab –chiqarish amaliyoti davomida quyidagi vazifalarni bajardim.
1. Amaliyot o'taladigan korxonaning tashkiliy – huquqiy asoslari, uning faoliyat turlari bilan tanishdim.
2. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'rganib, ularning korxonada qo'llanilishiga baho berdim.
3. Korxonada tuzilayotgan buxgalteriya balansi turlari bilan tanishdim, uning moddalarini o'rgandim va shu orqali korxona moliyaviy holatini tahlil qildim.
4. Korxonaning hisob siyosati va buxgalteriya hisobi tamoyillariga asoslanishini o'rgandim.
5. Amaliyotda korxonadagi ichki nazorat organlari, ichki auditorlik xizmatini tashkil etish holati va uning funktsiyalari bilan tanishdim.
6. Korxonalarda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar , invstitsiyalar, tovar moddiy zahiralar (TMZ) hisobi va auditi tartiblarini o'rgandim.
7. Korxonalarda pul mablag’lari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, olinadigan va to’lanadigan schyotlar hisobi va auditi o'rgandim.
8. Korxonaning xususiy kapital va majburiyatlari hisobi va auditi tanishdim.
9. Korxonaning daromadlar, xarajatlar va moliyaviy natijalar, moliyaviy hisobotlarni tuzish va auditi.
10. Korxona audit natijalari bo’yicha auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish tartibini o’rgandim.
Dostları ilə paylaş: |