Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-mavzu. Korxonaning hisob siyosati va buxgalteriya hisobi tamoyillariga asoslanishi



Yüklə 157,17 Kb.
səhifə7/17
tarix10.06.2023
ölçüsü157,17 Kb.
#128202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Husan Amaliyot 2021

4-mavzu. Korxonaning hisob siyosati va buxgalteriya hisobi tamoyillariga asoslanishi.
«BRADJUS” MCHJ QK ning 2020 yillarga mo‘ljallangan hisob siyosati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi xukumatining qarorlari va yo‘riqnomalari hamda me’yoriy xujjatlariga asoslanib ishlab chiqilgan. Bu me’yoriy xujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy standartlari ;
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy xisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalari»;
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi131-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan «Buxgalteriya xisobida xujjatlar va xujjatlar aylanuvi to‘g‘risida» gi Nizomi ;
- Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida» gi Nizom;
- boshqa me’yoriy xuquqiy xujjatlar.
«BRADJUS» MCHJ QK ning 2019 yilga mo‘ljallangan hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etish, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni tuzish hamda taqdim etish yuzasidan o‘zaro munosabatlar tartibini belgilaydi.
Hisob siyosatida qo‘yidagi tarkibiy elementlar o‘z aksini albattatopishi lozim:
Uzliksizlik tamoyili. “BRADJUS” MCHJ QK doimo xarakatdagi sub’ekt, ya’ni o‘z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sub’ekt sifatida qaraydi.

Xisoblash tamoyili. Bu tamoyil asosida “BRADJUS” MCHJ QK daromad va xarajatlarini yuz bergan vaqtiga ko‘ra tan olib va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya xisobida va xisobotda aks ettirib boradi.


Ikki yoklama yozuv tamoyili. Bu tamoyil asosida “BRADJUS” MCHJ QK yuz bergan har qanday operatsiyaning summasini bir vaqtning o‘zida ikkita schetda, ya’ni birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirishni bildiradi. Ushbu tamoyilga amal qilib korxona aktivlari va ularning tashkil toppish manbalari summalarini doimo teng bo‘lishini ta’minlaydi.


Aniqlilik tamoyili. Bu tamoyil asosida xisobda aks ettirilgan xar birsummani kat’iy xujjatli asosga ega ekanligini kurish mumkin


Yakunlanganlik tamoyili. Bu tamoyil xisob ma’lumotlarini biron bir xisobot davri uchun jamlanganligini, ya’ni moliyaviy xisobot xisobot davri ma’lumotlarini to‘lik kamrab olganligini bildiradi. “BRADJUS” MCHJ QK da xam xar bir choraklik, yarim yillik, yillik xisobotlaranik ma’lumotlar asosida shakllantirilib boriladi.


“BRADJUS” MCHJ QK tan olish mezonlari:



  1. Asosiy vositalar – qurilish, sotib olish, bepul olish, tasischilardan olish kunidan boshlab qilingan harajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlangan qiymat bo`yicha tan olish.

  2. Moliyaviy investitsiyalar – kiritish kunidan boshlab sarflangan mablag`larni tasdiqlovchi hujjatlar asosida tan olish.

  3. Ishlab chiqarish zahiralari –qurilish, sotib olish, bepul olish, tasischilardan olish kunidan boshlab qilingan harajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlangan qiymat bo`yicha tan olish.

  4. Tayyor mahsulot – ishlab chiqarishga sarsflangan barcha harajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlangan aniq qiymat asosida omborga qabul qilingan kundan boshlab tan olish.

  5. Debitorlik qarzlar – mahsulot jo`natilgan kundan, shuningdek avanslar va boshqa to`lovlar berilgan kundan boshlab tan olish.

  6. Pul mablag`lari – korxona kassasiga va boshqa schotlarga kelib tushgan kundan boshlab tan olish.

  7. Majburiyatlar – majburiyatlarni tadiqlovchi hujjatlar asosida ular vujudga kelgan sanadan boshlab tan olish.

  8. Ustav kapitali – korxona davlat ro`yxatidan o`tgan kunda tasis hujjatlarida ko`rsatilgan miqdorda tan olinadi.

  9. Rezerv kapitali – mulkdorlar, aksiyadorlar yig`ilishi qarorrida ko`rsatilgan miqdorda, shuningdek bepul olingan va qayta baholashda aniqlangan qiymat miqdorda vujudga kelgan kundan boshlab tan olinadi.

  10. Daromad – mahsulotni sotgankundan boshlab, ular uchun pulning qachon kelib tushishidan qatiy nazartasdiqlovchi hujjatlarda ko`rsatilgan qiymat miqdorida tan olinadi.

  11. Xarajatlar – sarf xarajatlar hisoblangan kundanboshlab puli qachon tushishidan qatiy nazar tasdiqlovchi hujjatlarda ko`rsatilgan miqdorda tan olinadi.

  12. Foyda – hisobot davrlari oxiridaarifmetik yo`l bilan topilgan miqdorda tan olinadi.

  13. Zararlar - hisobot davrlari oxiridaarifmetik yo`l bilan topilgan miqdorda tan olinadi.

  14. Taqsimlanmagan foyda yoki zara – yil boshidagi foyda yoki zarar summasiga hisobot yili foyda yoki zarar summasini qo`shish va hisobot yilida foydaning ishlatilgan summasini ayirish yo`li bilan topilgan miqdorda tan olinadi.


Yüklə 157,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin