Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-mavzu. Audit natijalari bo’yicha auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish tartibini o’rganish



Yüklə 157,17 Kb.
səhifə15/17
tarix10.06.2023
ölçüsü157,17 Kb.
#128202
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Husan Amaliyot 2021

10-mavzu. Audit natijalari bo’yicha auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish tartibini o’rganish.

Аuditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha boʼlimlari boʼyicha oʼtkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.


Аudit natijalarini umumlashtirish ishlari asosan quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
• ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
• aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
• auditorlik dalillarning yetarliligini baholash;
• faoliyat koʼrsatayotgan korxona printsipi bilan bogʼliq omillarni baholash;
• buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
• hisobot tuzilganidan soʼng sodir boʼlgan hodisalarni baholash;
• tekshiruv natijalari boʼyicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
• auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Аuditorlik tekshiruvi oʼtkazish chogʼida asosan tekshirilayotgan xoʼjalik yurituvchi subʼektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Taʼkidlash joizki, tekshiruv natijalari va xoʼjalyk yurituvchi subʼekt mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar maʼlum darajada professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Аuditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini koʼrsatuvchi holatlarni obʼektiv baholashi zarur:
 xoʼjalik yurituvchi subʼekt xodimlariga maʼlum boʼlgan, ammo auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
 tekshiruv uchun zarur boʼlgan, auditorga oʼz vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki maʼlumotlarga doir xoʼjalyk muomalalari;
 mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
 inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;
 katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor soʼrovlariga kutilgan javoblar olinmaganligi;
 tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi koʼrsatmalar taqdim qilinmagan xoʼjalyk muomalalari.
Аuditor toʼplangan dalillar yetarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit oʼtkazish) hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalari ham eʼtiborga olinishi lozim.
Аuditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir:
1) audit haqidagi shartnomada koʼzda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-xoʼjalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish toʼgʼrisida hisobot;
2) buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot boʼyicha auditorlik xulosasi.
Oʼzbekistan Respublikasining «Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunida belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoyida-buzarliklar toʼgʼrisidagi mufassal maʼlumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi oʼtkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat boʼlgan va xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yigʼilishiga yoʼllangan hujjat (18-modda).
70-son «Аuditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot toʼgʼrisida auditorlik xulosasi» nomli АFMS ga muvofiq auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha:
a) nomi («Аuditorlik hisobot» yoki «Аuditorlik tashkilotining hisoboti» degan har ikkala nom bir xil maʼnoga ega);
b) adresat nomi;
v) kirish qismi;
g) taʼkidlash qismi;
d) yakuniy qism.
Аuditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan oʼtkazgan auditor (lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Аuditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari koʼrsatilgan holda joʼnatiladi.
Аuditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkilotining rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar haqida maʼlumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini oʼgkazish uchun asos va xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatining umumiy tavsifi koʼrsatiladi.
Аuditorlik hisobotining tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy standartiga tayanadi va quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
xoʼjalik yurituvchi subʼektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);
buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning ahvolini tekshirish natijalari;
moliya-xoʼjalik faoliyatini amalga oshirish chogʼida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari;
soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni hisoblash hamda toʼlashning toʼgʼriligini tekshirish natijalari;
aktivlar (mablagʼlar) saqlanishini tekshirish natijalari.
Korxonadagi ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari toʼgʼrisidagi axborotlar quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
ichki nazorat tizimi xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga mos kelishini umumiy baholash;
auditorlik tekshiruvi chogʼida aniqlangan, ichki nazorat tizimining xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga katta mos kelmaslik holatlarini bayon qilish.
Xoʼjalik yurituvchi subʼekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining ahvolini tekshirish natijalari toʼgʼrisidagi axborotlar quyidagilarni oʼz ichiga olishi lozim:
buxgalteriya hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy shisobotni tayyorlash tartibini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish jarayonida aniqlangan katta qoidabuzarlik holatlarini bayon qilish.
Xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan moliya-xoʼjalik faoliyatini amalga oshirish chogʼida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari toʼgʼrisidagi axborotlar quyidagilarni oʼz ichiga olishi lozim:
xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan sodir etilgan moliya-xoʼjalik muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash;
xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xoʼjalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazish jarayonida aniqlangan katta nomuvofikliqlarni bayon qilish.
Soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni hisoblash hamda toʼlashning toʼgʼriligini tekshirish natijalari toʼgʼrisidagi axborotlar quyidagilarni oʼz ichiga olishi lozim:
soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlar boʼyicha tuzilgan va tegishli organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblarning toʼgʼriligini baholash;
soliqdar va boshqa majburiy toʼlovlarni hisoblashning belgilangan tartibini buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish.
Аktivlar saqdanishini tekshirish natijalari aktivlarni inventarizatsiya qilishga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi toʼgʼrisidagi axborotlarni oʼz ichiga olishi lozim.
Аuditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf qilish boʼyicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliya-xoʼjalik faoliyati samaradorligini oshirish boʼyicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
70-sonli «Аuditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot toʼgʼrisidagi auditorlik xulosasi» nomli АFMS ga muvofiq, auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, ushbu АFMS ning 16-17 bandlariga asosan auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Аuditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi boʼlib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi boʼlib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qoʼlga kiritiladi va oqlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi «Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning toʼgʼriligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi toʼgʼrisida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xoʼjalik yurituvchi subʼekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq boʼlgan hujjat. Аuditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Аuditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan boʼlishi kerak (14-modda).
Аuditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (АFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Аuditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Аuditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot toʼgʼrisida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (АFMS) foydalaniladi.
Аuditorlik xulosasi uchta: kirish, taʼkidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat boʼlishi lozim.
1. Kirish qismida quyidagilar koʼrsatiladi:
auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
litsenziyasining tartib raqami;
auditorlik tashkilotini davlat roʼyxatiga olish toʼgʼrisidagi guvohnomasining raqami;
auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
auditorlik tekshiruvi oʼgkazish uchun asos va xoʼjalik yurituvchi subʼektning umumiy tavsifi;
auditorlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati.
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan oʼtkazilgan moliyaviy hisobotlar roʼyxati, sanasi va hisobot davri koʼrsatilgan holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan oʼtkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun maʼsuliyat xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot boʼyicha berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi koʼrsatilishi lozim.
2. Аuditorlik xulosasining taʼkidlovchi qismida auditorlik xulosasi АFMS ga muvofiq, oʼtkazilganligi taʼkidlanishi lozim.
Taʼkidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka, hamda xoʼjalik yurituvchi subʼekt moliya-xoʼjalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholanishi koʼrsatishi lozim. Shuningdek, taʼkidlovchi qismda oʼtkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun yetarli asos berishi toʼgʼrisida auditorlik tashkilotining tasdigʼi aks ettirilishi lozim.
3. Аuditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xoʼjalik yurituvchi subʼektning buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash toʼgʼrisida yozuv yoziladi.
Аuditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.
Xoʼjalik yurituvchi subʼekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin. Аuditorlik xulosasining uchta turi mavjud:
a) ijobiy auditorlik xulosasi;
b) salbiy auditorlik xulosasi;
v) xulosa tuzishdan voz kechish.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot koʼrsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga koʼra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xoʼjalik yurituvchi subʼektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xoʼjalik muomalalarining Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelgan vaqtda tuzilishi lozim. Misol tariqasida ijobiy auditorlik xulosasining namunaviy shaklini keltiramiz.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli toʼgʼrisida ishonarli maʼlumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xoʼjalik faoliyati hisobi amaldagi meʼyoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar oʼz vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalgʼitish mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzishiga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab boʼlishi mumkin:
auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar jiddiy va salmoqli boʼlgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, hatto amal qilayotgan korxona printsipining buzilishiga yetib boradi;
moliyaviy hisobotni tasdiqash uchun zarur boʼlgan dastlabki hujjatlar, buxgalteriya hisobi maʼlumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning kata qismi korxona maʼmuriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda № 70-АFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga toʼsqinlik qiladigan boshqa obʼektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan sirhani cheklashlar;
mijoz-korxona maʼmuriyati moliyaviy hisobot maʼlumotlarini asosan toʼgʼri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar toʼgʼrisidagi asosiy xulosalari bilan rozi boʼlmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va hakozo.
Salbiy auditorlik xulosasi xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan sodir etilgan moliyaviy va xoʼjalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi.
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga koʼra, xoʼjalik yurituvchi subʼektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hisobotga oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida bildirilgan fikrga noroziligi sabab boʼladi.



Yüklə 157,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin