Xulosa va takliflar. Men ushbu bitiruv oldi malakaviy amaliyot davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdik.
Amaliyot davrida korxonaning barcha moliyaviy –xo’jalik faoliyati bilan tanishib chiqdik. Korxona faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda barcha olib borilgan hisob ishlari respublikamizdagi qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlari talablari asosida ekanligiga guvoh bo’ldik.Shu bilan birga biz korxonada barcha xo’jalik jarayonlarning buxgalteriya hisobi obyekti sifatida moliyaviy hisobotda aks ettirilishini o’rgandik.
Аmaliyotda rejadagi vazifalarni berilgan savollarga javob topishdan tashqari,buxgalteriyaga tegishli bir qancha maʼlumotlar oʼrganildi. Malakaviy amaliyotni oʼtash jarayonida berilgan vazifalarni bajarish natijasida nazariy olgan bilimlarni hisobotlarida aks ettirilishi yana bir bor oʼrganib chiqildi. Shuningdek, amaliyotimni bajarish natijasi oʼlaroq, bizga berilgan vazifalarga doir chizma va jadvallar tuzildi.
“BRADJUS” MCHJ QKning moliyaviy holati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Bunga misol sifatida quyidagi diogrammani keltirishimiz mumkin.
“BRADJUS” MCHJ QKningmoliyaviy natijalari bo’yicha o’zgarishlar. (mlrd.so’m)
5-chizma
Taklif sifatida korxonaning xisob siyosatini ba’zi kamchiliklarni qayta ishlab-chiqish aytib o’tishimiz lozim. Bundan tashqari ishchi schotlar rejasini mukammallashtirish lozim. Korxona 21-BHMS dagi schotlar rejasi foydalanadi hamda bir-biridan farqli obyektlari ham bir schyotda aks ettirilganini kuzatish mumkin.
Bularni bartaraf etish uchun men quyidagi takliflarni beraman:
- material xarajatlarning tannarxini pasaytirish buyicha tashqi auditorlik tashkilotining kerakli mutaxassislarini jalb etish;
- korxonaning ichki auditorlik xizmatining asosiy faoliyatini bunga qaratib, ular tomonidan oylik, choraklik va yillik chora – tadbirlar ishlab chiqib - nazorat qilishini amalga oshirish;
- korxona ustavida keltirilgan boshqa faoliyat turlarini ham rivojlantirish;
- investitsion faoliyatga ham katta eʼtibor qaratish;
- ichki potentsiallarni izlab topish va uni hayotga tadbiq etish;
- amalga oshirilgan ishlari boʼyicha hisobotlarini boshqaruv organiga xar oy taqdim etish;
- Tashqi audit tekshiruvini oʼtkazganda korxona shaffoflik va aniqlik bilan taʼminlash maqsadida korxonani audit tekshiruvidan oʼtkazgan “AFROSIYOB AUDIT” MChJ auditorlik tashkilotidan auditorlik hisoboti va xulosasini xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan auditorlik hisoboti va xulosasini talab qilish.