FIFO – zaxiralarni kelib tushish vaqtidagi bahosida chiqim qilish, ya’ni birinchi tushum, birinchi chiqim. AVEKO - bu zaxiralar qiymatini o‘rtacha narxlardagi baholar bo‘yicha hisobdan chiqarish usuli.
LIFO – bu zaxiralarni oxirgi tushum bahosidan boshlab hisobdan chiqarish usuli.
BXMS №4 gamuvofiq O‘zbekiston Respublikasida ko‘proq e’tiborli bo‘lgan FIFO va AVEKO usullarni qo‘llash ko‘zda tutilgan, LIFO usulini qo‘llash ko‘zda tutilmagan.
“BARDJUS” MCHJ QKda asosan materiallarning chiqimida AVEKO usulidan foydalaniladi.
Materiallar bo‘yicha ta’minotchilar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilishi bo’yicha quyidagilar hisobga olinadi:
Ta’minotchilarga o‘tkazilgan bo‘nak so’mmasi hisobga olinadi:
debet 4310 kredit 5110
Ta’minotchi nomiga ishonchnoma aniq mas’ul shaxsga (ekspeditorga) beriladi.
Ta’minotchi ekspeditorga materiallarni son va sifat jihatdan beradi va unga schot-faktura, ttn, sifat sertifikati va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Ombormudiri kirim qilingan materiallarni o‘zining hisobotiga kirim qiladi va buxgalteriyaga hisoboti bilan schot-faktura, ttn, sifat sertifikati va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Buxgalteriyada ta’minotchilardan olingan materiallarga quyidagi yozuv qilinadi.
debet 1010-1090 kredit 6010
Bir vaqtning o‘zida ta’minotchiga berilgan bo‘nak so’mmasi yopiladi va unga quyidagi yozuv beriladi
debet 6010 kredit 4310
Ta’minotchiga yakuniy qarz o‘tkaziladi:
debet 6010 kredit 5110
“BRADJUS” MCHJ QKning ta’minot jarayoni quyidagicha olib boriladi: