“BRADJUS” MCHJ QKning 2022- yil davomida asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya so’mmasi. Tovar-moddiy zahiralarning buxgalteriya hisobi obyektlari sifatidagi mohiyati, tasnifi va tavsifi, ularni tan olish, baholash, o‘lchash va hisobini yuritish tartiblari respublikamizda “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun”, shuningdek 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar” va 21-son BHMS “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma" va boshqa BHMSlar bilan belgilangan.
4-son BHMSga muvofiq, tovar-moddiy zaxiralar – bu keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimi qiymati 4- son BHMSga muvofiq quyidagi usullarning birida baholanadi: