Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 157,17 Kb.
səhifə13/17
tarix10.06.2023
ölçüsü157,17 Kb.
#128202
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Husan Amaliyot 2021

Korxona pul mablag’lari












Kassadagi pul mablag’lari

Yo’ldagi pul mablag’lari

Bankdagi pul mablag’lari


8-mavzu. “BRADJUS” MCHJ QK ning xususiy kapital va majburiyatlari hisobi va auditi.
“BRADJUS” MCHJ QK da korxonaning aktivlari, xususiy kapital va majburiyatlari, shuningdek xoʼjalik faoliyati natijalari boʼyicha hisob maʼlumotlarini ichki va tashqi auditorlar quyidagi moliyaviy xisobot shakllaridan oladilar:
- Buxgalteriya balansi 1-shakl;
- Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi xisobot 2-shakl;
- Pul oqimlari toʼgʼrisida xisobot 3-shakl;
- Xususiy kapital toʼgʼrisidagi 4-shakl;
- Boshka turdagi xisobotlar va Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi
konunchiligi va tarmok meʼyoriy xujjatlarida koʼrsatilgan maʼlumotlar.
Moliyaviy xisobotlar turlari boʼyicha choraklik, yarim yillik va yillik qilib tuziladi. Moliyaviy xisobotlardagi korxona aktivlari, xususiy kapitali va majburiyatlari boʼyicha maʼlumotlarning aniq va toʼgʼriligini tekshirish uchun undagi maʼlumotlarni tekshirishni talab etadi.
Korxonalar tomonidan tuziladigan Buxgalteriya balansini turli belgilari boʼyicha tasniflash mumkin, masalan tuzilgan sanasiga, maʼlumotlarni jamlash hajmiga, subʼektlarni moliyalashtirilishiga, regulirovka schetlari qoldiqlari hisobga olinganligiga va boshqa belgilariga qarab tafsiflanadi.
Hisob maʼlumotlarini jamlash sikllariga koʼra sinov balansi, tuzatilgan sinov balansi va oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin.
Balans-brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar boʼyicha mavjud rezerv summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tugʼrisida”gi qonunning24-moddasida Moliyaviy hisobotning(Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar tugʼrisidagi hisobot, pul oqimlari tugʼrisidagi hisobot, xususiy kapital toʼgʼrisidagi hisobot) hisobot davri
1 yanvarь — 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davridir.
1 yanvardan boshlab davriy moliyaviy hisobot tuzilayotgan davrning hisobot sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy hisobot uchun hisobot davridir.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qoʼlga kiritilgan sanadan boshlab oʼsha yilning 31 dekabriga qadar boʼlgan davr, yuridik shaxs boʼlmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida roʼyxatdan oʼtkazilgan sanadan boshlab oʼsha yilning 31 dekabriga qadar boʼlgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi.
Аgar yuridik shaxs (byudjet tashkilotlaridan tashqari) 1 oktyabrdan keyin roʼyxatga olingan boʼlsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi.
Roʼyxatdan oʼtilguniga yoki yuridik shaxs huquqi olinguniga qadar amalga oshirilgan xoʼjalik operatsiyalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar birinchi hisobot yilining moliyaviy hisobotiga kiritiladi.
“Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” ( O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998-yil 26-avgustda ro’yhatdan o’tgan, 484) nomli BHMS 3 muvofiq moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda quyidagi ma’lumotlar berilishi lozim:

  1. Tushum

  2. Muomala faoliyati natijalari

  3. Moliyaviy faoliyat natijalari

  4. Favqulotda foyda va zarar

  5. Hisobot davridagi sof foyda yoki zarar

BRADJUS” MCHJ QKning moliyaviy natijalari bo’yicha o’zgarishlar. (mlrd.so’m)

Yüklə 157,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin