2-mavzu. “BRADJUS” MCHJ QK ning oxirgi 3 yildagi moliyaviy-xoʼjalik faoliyatining koʼrsatkichlari o’rganish va tahlil qilish korxonaning rivojlanish tendensiyasiga baho berish.
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi
Aktiv = Xususiykapital+ Majburiyatlar
Matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab berish va saqlash hisoblanadi.
Ushbu tenglikni ta’minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma’lum bir davrning boshida aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang‘ich holatini bilishdan boshlanib, shu davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli bo‘lib buxgalteriya balansi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo‘lim. «Uzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p muddatda oborotda bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq so’mmalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim_._«Joriy_aktivlar».'>II-bo‘lim. «Joriy aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan kam muddatda oborotda bo‘ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pulmablag‘lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq so’mmalari ko‘rsatiladi.
Balansning «Passiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil toppish manbalarini turiga qarab quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo‘lim. «O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq so’mmalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim. «Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq so’mmasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida qatorda, ikkala bo‘lim so’mmalarining yig‘indisi alohida qatorda aks ettiriladi
“BRADJUS” MCHJ QKning 2020-yil yil oxiri va 2022-yil oxiridagi buxgalteriya balansi.
Dostları ilə paylaş: |