Samarqand shahar


-§. Matn protsessori yordamida murakkab, rasmiy va elektron hujjatlarni shakllantirish



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə8/12
tarix14.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#179628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Samarqand shahar

3-§. Matn protsessori yordamida murakkab, rasmiy va elektron hujjatlarni shakllantirish

Matn protsessorlari yordamida murakkab, rasmiy va elektron hujjatlarni shakllantirish so‘z yuritilganda Microsoft Word dasturini o‘rni haqida juda ko‘p ijobiy mulohazalarini bildirish mumkin.


M icrosoft Word 2013 matn muharriri yordamida:

  • qishloq xo‘jalik tarmoqlariga oid barcha matnli hujjatlarni yaratish; hujjatlarni kerakli andoza va shakllarda rasmiylashtirish; hisobot va boshqa turli xil hujjatlarni tahrirlash, kompyuter xotirasida saqlash, turli xil o‘lchamlarda chop qilish; hisobot va boshqa turli xil shakllarda nusxalarni yaratish va ularni kompyuter xotirasida saqlash; fayllarni himoya qilish; tarmoqlarda ish yuritish jarayonida qog‘ozsiz texnologiyalarga o‘tish;

  • yangi matnni kiritish; matnni tayyor shakllar asosida tayyorlash; xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash; manzillarga jo‘natish; rasm; grafik; jadval va diagrammalardan foydalanish; matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish; matnni kiritishda orfografiya-imlosini tekshirish va boshqa bir qator vazifalarni bajarishlari mumkin;

  • matnli hujjatlarni yaratish va tahrir qilish, ularga jadval va rasmlar qo‘shish, xatboshi va shriftlar ko‘rinishlarini o‘zgartirish, orfografiya va grammatikani tekshirish, hujjatlarning mundarijalarini tuzish, hujjatni chop qilishga tayyorlash kabi vazifalarni bajarish imkoniyatini beradigan dasturdir.

  • yaratilgan matnli hujjatlarga: jadvallar, diagrammalar, rasmlar, rasmli kliplar, animatsiyali matnlar, video fayllar va ob’ektlarni joylashtirish mumkin.

  • istalgan sahifada - matnni, sonlarni, simvollarni, grafiklarni va formulalarni yozish va boshq.

MS wordda hujjatni yaratishning bir qancha usullari mavjud, bulardan eng oddiysi matn protsesorini yuklashdir. Agar MS Word yuklangan bo’lsa «Файл» menyusining «Создать» buyrug'ini tanlash yoki «Ctrl + N» tezkor tugmalardan foydalanib yangi hjujjat yaratish mumkin.

Hujjat yaratilgandan keyin toza qog’oz paydo bo’ladi, agarda chop qilinmaydigan simvollarni ko’rsatish buyrug’i belgilangan bo’lsa abzats belgisi nomoyon bo’ladi.

Chop qilinmaydigan simvollar hujjat sahifalarini nazorat qilish uchun zarur bo’ladi, lekin ular hujjatni qog’ozga chop qilinganda ko’rinmaydi.

Wordda hujjatni saqlashning bir qancha usullari mavjud: birinchi, «Сохранить» buyrug’i orqali, ikkinchisi esa «Сохранить как…» buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, dasturdan chiqish jarayonida ham hujjatni saqlash mumkin.

Agar dasturdan chiqish jarayonida hosil bo’lgan muloqot oynasidan «Не сохранять» buyrug’i tanlansa hujjat saqlanmaydi. Hujjatni saqlash uchun «Ctrl+S» tezkor tugmalar kombinatsiyasidan ham foydalanish mumkin.

MS Word matn muharririda yaratilgan fayllar odatda *.docx (*.doc) kengaytma bilan saqlanadi, lekin fayllarni boshqa formatda ham saqlash mumkin. Word 2013 da *.pdf fayllar bilan ham ishlash imkoniyati mavjud.


Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin