Samarqand shahar


Word matn muharririda tezkor tugmalar bilan ishlash



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə7/12
tarix14.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#179628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Samarqand shahar

Word matn muharririda tezkor tugmalar bilan ishlash
Kompyuterda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar bo’lishi mumkin. Shulardan eng ko’p uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning kata qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish to’xtab yoki sekinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yechish uchun bizga tezkor tugmalar yordam berishadi. Tezkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tezkor bajara olamiz. Shuning uchun ushbu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab deb quyiladi. Quyidagi ro’yxatda asosiy tezkor tugmalar ko’rsatilgan:
1. Ctrl + N - yangi hujjatni yaratish;
2. Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - mavjud bo’lgan (ilgari yaratilgan) hujjatni ko’rish yoki o’zgartirish uchun ochish;
3. Ctrl + W - Ekranda ochiq bo’lgan hujjatni berkitish;
4. Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - joriy hujjatni saqlash
5. Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - joriy hujjatni bosmaga chiqarish;
6. Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - oxirgi bajarilgan harakatni bekor qilish (orqaga qaytish);
7. Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - bekor qilingan harkatni qaytarish (oldinga qaytarish);
8. Ctrl + X , yoki Shift +Delete - tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga ko’chirib (qirqib) olish;
9. Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga olish ;
10. Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - xotirada joylashgan matn qismini kursor turgan joyiga joylashtirish;
11. Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - butun matnni tanlash;
12. Ctrl + F - butun matnda biror bir so’z yoki jumlani izlash;
13. Ctrl + H - butun matnda biror bir so’z yoki jumlani topib uning o’rniga boshqa so’z yoki jumlani almashtirish;
14. Delete - Tanlab olingan matn qismi yoki kursordan o’ng tomonda joylashgan belgilarni o’chirish;
15. F7 - butun matnning imlo xatolarini tekshirish;
16. Shift + F7 - tanlangan so’zning sinonimlarini topish;
17. F12 - joriy faylni qayta nomlash;
18. Alt + Ctrl + I - bosmaga tayyorlangan hujjatni sahifaga joylashishini oldindan ko’rish;
19. Ctrl + E - matnni (kursor turgan abzasni) markaz bo’yicha tekislash;
20. Ctrl + L - matnnni (kursor turgan abzasni) chap chegara bo’yicha tekislash;
21. Ctrl + R - matnnni (kursor turgan abzasni) o’ng chegara bo’yicha tekislash;
22. Ctrl + J - matnni (kursor turgan abzasni) ikala chegara bo’yicha tekislash;
23. Shift + F3 - harflar ko’rinishini o’zgartirish (registr);
24. Ctrl + B , yoki Ctrl + Shift + B - qalin harflar holatiga o’tish yoki uni bekor qilish;
25. Ctrl + I , yoki Ctrl + Shift + I - kursiv (yotiq) harflar holatiga o’tish yoki uni bekor qilish;
26. Ctrl + Shift + D - ikkita chiziqli harflar holatiga o’tish yoki uni bekor qilish;
27. Ctrl + U - chiziqli harflar holatiga o’tish yoki uni bekor qilish;
28. Ctrl + Shift + F - harflar shaklini (shriftini) o’zgartirish;
29. Ctrl + Shift + P - harflar kattaligini o’zgartirish;
30. Ctrl + D - "Format shrift" ga tegishli menyu bo’limini ochish;
31. Ctrl + Shift + S - matn stilini o’zgartirish;
32. Ctrl + = - pastki harflar holatiga o’tish yoki uni bekor qilish;
33. Ctrl + Shift + = - Ustki harflar holatiga o’tish yoki uni bekor qilish;
34. Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - boshqa faol hujjat oynasiga o’tish;
35. Ctrl + Shift + F6 - hamma faol hujjat oynalarini ko’rish;
36. Shift + strelka - guruhga olish (belgilarga tegishli);
37. Ctrl + Shift + strelka - guruhga olish (so’zlarga tegishli);
38. Shift + Home yoki End - satr boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish;
39. Ctrl + Shift + Home yoki End - hujjat boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin