O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND SHAHAR 51-IQTISOSLASHGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABI M.Avazbekova
«WORD MATN MUXARRIRI VA UNING IMKONIYATLARI» USLUBIY QO‘LLANMA Samarqand -2022
M.Avazbekova «Word matn muxarriri va uning imkoniyatlari» bo’yicha uslubiy qo‘llanma. –Samarqand: 2022. 34-bet
Ushbu uslubiy qo‘llanma «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun tayyorlangan. Uslubiy qo‘llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarni o‘z bilimlarini oshirishda foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar:
M.Avazbekova, Samarqand shahar
51-IDUM informatika fani o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
U.Abdullayev, SamDCHTI akademik litseyi umumta’lim fanlar kafedrasi bosh o ‘qituvchisi
M.Nazarova, Samarqand shahar 51-IDUM matematika fani o‘qituvchisi
Uslubiy qo’llanma Samarqand shahar 51-IDUM pedagogik kengashning 2022-yil, “___” _________kungi ___-sonli yig’ilishi qaroriga maktab miqiyosida ommalashtirishga tavsiya qilindi
KIRISH Zamonaviy komputerlarda amaliy mashg'ulotlarini bajarish, o’quvchilarning ta’limda axborot texnologiyalar fanida Word matn muharririni mukammal o'rganishlarida muhim rol o'ynaydi. Ikkinchi tomondan, ularning kompyuter bilan ishlash bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.
Uslubiy ko’rsatmada amaliy mashg'ulotlarini bajarish bo'yicha nazariy ma'lumotlar, topshiriqni bajarish namunasi, topshiriqni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, o’quvchilarning mustaqil bajarishlari uchun variantlardan iborat topshiriqlar va foydalanish uchun adabiyotlar ro'yxati berilgan.
Mustaqil ish variantlari o’quvchilarning har biri uchun alohida topshiriq sifatida taqsimlab beriladi, ya'ni o’quvchilar guruh jurnallaridagi tartib raqamlariga mos variantlarni bajaradilar.
Offis dasturlar tizimi bilan tanishish, o’quvchilarda Ms word muhitida fayllar bilan ishlashning barcha amallarini mustaqil ravishda erkin bajarish ko’nikmalarini hosil qilish va word matn muharirida hujjatlar yaratish, saqlash tahrirlash usullarini o‘rganish.
Amaliy mashg'ulot quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
Mashg'ulotning mavzusi.
Mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar.
Topshiriqning mazmuni.