1-§. Microsoft word 2013 dasturi afzalliklari va imkoniyatlari. Menyu bo’limlari Microsoft Office dasturlari bugungi kunda eng keng tarqalgan matn dasturlardan hisoblanib, keng ko‘lamdagi ofis ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Bugungi kungacha Microsoft Office dasturlarning bir qancha versiyalari yaratildi. Eng oxirgi versiyalari bular: Office XP, Office 2007 va Office 2013.
Avvalo matn nimalardan tashkil topadi, uning elementlari qaysilar kabi savollarga javob berib utamiz.
Matn — simvol, so‘z, qator, parcha, abzats (xat boshi), sahifa kabilardan tashqil topgan.
Simvol (belgi) — bu matnning eng kichik elementidir. U o‘lchov, yozilish usuli (oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o‘rni) kabi xususiyatlarga ega.
Simvollar ketma-ketligi quyidagi ob’ektlardan tashkil topadi: so‘z, parcha, abzats, matn sahifasi.
So‘z — bu ikki tomondan ajratuvchi simvollar (bo‘sh simvol, nuqta, vergul va h.k.) bilan chegaralangan simvollar ketma-ketligidir. Keltirilgan xususiyatlarga qo‘shimcha: birinchi (oxirgi) simvol mavjudligi hamda simvollar soni cheklanganligi (so‘z uzunligi).
Qator — shu nomli kod bilan tugagan simvollar ketma-ketligi. Qo‘shimcha xususiyatlar: qator boshi va oxiri, matnda qator tartib raqami, qator uzunligi, qatorning chap va o‘ng chegarasi mavjudligi.
Parcha — matnning belgilab olingan qismi.
Abzats — abzats belgisi bilan ajratilgan simvollar ketma-ketligi. Abzats simvoli chop etilmaydi, matnga Enter tugmachasi bosilganda kiritiladi. Abzatsning qo‘shimcha xususiyatlari: chap va o‘ng chegaralari, abzats boshidagi siljish, hatorlar soni, hatorlar o’rtasidagi interval, varaqdagi joylashishi.
Sahifa — bu sahifa kodi bilan tugallanuvchi qatorlar to’plami. Qo‘shimcha xususiyatlari: sahifa tartib raqami, sahifadagi hatorlar soni.
Asosiy global ob’ekt — matnning o‘zidir. Qo‘shimcha xususiyatlari: matn boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matnning varaqda joylashishi.
Kompyuterlarga matn kiritishning umumiy tavsiyalar va ko’rsatmalar quyidagicha:
Simvol kursor turgan joydan kiritiladi.
Sichqoncha ko‘rsatkichi kursorni kerakli joyga tez olib borish uchun ishlatiladi va matn terish jarayonida qatnashmaydi.
Enter tugmachasini fakat abzats oxirida bosish zarur.
Matnni o’rtaga joylashtirish, abzats siljishini qo‘yish va matnni bir tomonga surish uchun «Probel» (Bo‘sh joy) tugmachasidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Matn terish jarayonida uni tez-tez xotiraga saqlab qo‘yish lozim.
Sahifalarga tartib raqami klaviaturadan kiritilmaydi.
Nuqta va verguldan oldin bo‘sh joy qo‘yilmaydi.
Bitta bo‘sh qator kiritish uchun kursorni oldingi qatorning oxirgi simvolidan keyin qo‘yib, Enter tugmachasi bosiladi.
Bitta qatorni ikkiga bo‘lish uchun yangi qator boshlanishi kerak bo‘lgan pozitsiyaga kursorni olib borib, Enter tugmachasi bosiladi.
Ikkita qatorni birlashtirish uchun kursorni birinchi qatorning oxirgi simvolidan keyin qo‘yib, Delete tugmachasi bosiladi.