Samarqand veterinariya meditsina


Epkrez kasallik haqida qisqacha ma’lumot (davolash oldini olish)



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə3/4
tarix26.01.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#81015
1   2   3   4
Kurs ishini bajarish bo\'yicha namuna

Epkrez kasallik haqida qisqacha ma’lumot (davolash oldini olish)
Salmonelyoz. Salmonella-odam va hayvonlar uchun patogenli bo’lib Salmonelyoz kasalligini chaqiradi.Barcha turdagi yosh hayvonlarning septik shaklda namoyon bo’ladigan,o’tkir o’tadigan yuqumli kasallikdir.
Epizootologiyasi. Bu kasallik bilan buzoqlar 3-4 haftadan 4 oylikkacha bo’lgan yoshda kasallanadi. Katta yoshdagi hayvonlar salmonella tashuvchi hisoblanadi.Qo’ylarda barcha yoshida kasallanadi, ona qo’ylarda salmonelyozli bola tashlash kuztiladi. Parandalar ham bu kasallik bilan kasallanadi,joja hayotining birinchi kunlari va haftalarida yalpi kasallanish va o’lim bilan namoyon bo’ladi.Tovuq homilasi va kata yoshdagi parandalar ham kasallanadi. Salmonelyoz bilan zararlangan mahsulotlarni yeganda odamlarda Toksikoinfeksiya paydo bo’ladi.
Patogenez. Hazm kanali orqali, aerogen,ona qornida transvorial(parandalar) zararlanishi mumkin.Kasallik o’tkir va yarim o’tkir kechganda salmonellalar avval ichakda rivojlanadi,keyin ichak vorsinkalari orqali ichak limfa tugunlariga o’tadi va bakteriyalar intensiv rivojlanadi va birinch yallig’lanish jarayonlari rivojlanadi. Bo’g’oz hayvonlarda salmonellalar asosan bachadonida joylashib unda va plasentada yalig’lanish jarayonlarini,homilada sepsis, homila tashlashni paydo qiladi.
Salmonellaning ko’payishi natijasida juda kop biomassa to’planadi va bakteriyalar parchalanishi bilan endotoksin ajraladi. Endotoksin organlar to’qimasida qator yalig’lanish, distrofik,nekrobiotik va granulomatoz o’zgarishlar, qon quyilishlar paydo qiladi.Klinik sog’aygandan keyin hayvonlar bir necha hafta , oylar davomida salmonella tashuvchi bo’lib qoladilar.
Parranda salmonelyozlarida sepsis,kataral enterit, jigar va tuxumdonlarida distrofik o’zgarishlar,qon quyilishlar paydo boladi.
Davolash. Kasal hayvonlar issiq, quruq binolarga o’tkaziladi, to’yimli ozuqalar bilan ta’minlanadi. Antibiotiklar, tetrasiklin qatori va sulfanilamid preparatlari qo’llanma bo’yicha ishlatiladi.
Salmonelyoz qarshi zardob, kasallik o’tkir kechganda kasallikning boshlanishida, birinchi klinik belgilari paydo bo’lganda qo’llansa, yaxshi naf beradi. Zardob muskul orasiga yoki tomirga profilaktik dozani ikki marta oshirib yuboriladi. Zardobni ta’sir kuchi uzaytirilgan antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari bilan birga qo’shib yuborilsa, davolash samarasi oshadi. Davolash kursi hayvonlar holatiga bog’liq.

Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin