Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi
etalonidan oladigan etalon.
Nusha-etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish
uchun mo‘ljallangan etalon.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan
birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro
asos sifatida qabul qilingan etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
Dostları ilə paylaş: |