Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati – mazkur vazirlik
(mahkama) doirasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va
metrologik nazorat hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Yuridik shaxs metrologik xizmati – mazkur muassasa (tashkilot) da
o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda
nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini
ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv – o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar
va shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va
o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun
vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Dostları ilə paylaş: |