Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga
nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan
etalon.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari
bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida
xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
Dostları ilə paylaş: |