etilgandan ko’pi bilan 28 kalendar kuni davomida sertifikatlashtirish haqida qaror
inspekstiya/audit tugagandan keyin 28 kun davomida qaror qabul qilishi kerak.
44
Shikoyat va apellyastiya uchun sertifikatlash organida faoliyat yurituvchi
bo’lim faoliyat yuritadi. Agar sertifikatlashtirish organi hech qanday chora
ko’rilmasa, GLOBALG.A.P. sekretariatiga murojaat qilish mumkin. Buning
sekretariat saytidagi maxsus blanka to’ldiriladi va jo’natiladi.
Agar
joriy
inspkstiya/audit
davomida
nomuvofiqlik
aniqlansa,
sertifikatlashtirish organi tomonidan quyidagi sankstiyalarni qo’llanilishi kerak:
Ogohlantirish;
Mahsulot bilan bajarilayotgan barcha operastiyalar to’xtatiladi;
Shartnoma bekor qilinadi
Agar alohida ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar guruhi dastlabki
inspekstiya o’tkazilgandan so’ng 28 kun mobaynida majburiy talablarning 100% va
ikkinchi darajali talablarining 95% bajarilishini ta’minlamasa GLOBALG.A.P.
ma’lumotlar bazasida mazkur ishlab chiqaruvchilar “ochiq nomuvofiqlik” ka ega
sifatida qayd etiladi.
Agar ogohlantirishdan keyin 3 oy mobaynida bu kamchilik bartaraf etilmasa,
sertifikat berilishidan oldin to’liq tekshiruvdan o’tkaziladi. Agar ogohlantirishdan
so’ng nomuvofiqlik bartaraf etilmasa, mahsulot bilan amalga oshirilayotgan barcha
operastiyalar to’xtatiladi. Bu sankstiya bitta mahsulotga, bir necha mahsulotga yoki
barcha mahsulotlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin. Mahsulotlar bilan olib
borilayotgan operastiyalar qisman to’xtatilishi mumkin emas. Nomuvofiqlikni
bartaraf etish uchun so’nggi muddat sertifikatlashtirish organi va ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida kelishiladi (bu muddat 12 oydan ortiq bo’lishi mumkin
emas). Sankstiya qo’llanilayotgan vaqt davomida (mahsulot bilan amalga
oshirilayotgan
barcha
operastiyalar
to’xtatilganda)
ishlab
chiqaruvchi
GLOBALG.A.P. logotipi, savdo belgisi, listenziyasi va sertifikatidan foydalanishi
mumkin emas.
Belgilangan muddat davomida qo’llanilgan sankiya sababi bartaraf etilmasa,
shartnomani bekor qilish sankstiyasi qo’llaniladi.
Shartnomani bekor qilish sankstiyasi quyidagi holatda qo’llaniladi:
Sertifikatlashtirish organi firibgarlik to’g’risida dalil topsa yoki
GLOBALG.A.P. talablariga muvofiqligiga ishonmasa;
Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar guruhi sertifikat muddati
tugagandan so’ng ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizastiyasida undan
foydalanganligiga dalil topilganda.
Shartnoma bekor qilinish sankstiyasi qo’llanilgandan keyin GLOBALG.A.P.
ga doir barcha imkoniyatlardan foydalanish butunlay ta’qiqlanadi.
Mazkur sankstiya qo’llanilgandan so’ng 12 oy mobaynida GLOBALG.A.P.
bo’yicha sertifikatlashtirilishiga ruxsat berilmaydi.
GLOBAL G.A.P. sertifikat faqat ariza yozgan yuridik shaxsga beriladi.
Sertifikat bir yuridik shaxsdan ikkinchisiga berilishi mumkin emas. Bunday
holatlarda to’liq inspekstiya o’kaziladi va yangi yuridik shaxsga yangi GGN – qayd
etilish raqami beriladi.
Sertifikatlashtirish stikli 12 oy davom etadi. Dastlabki sertifikatlashda
sertifikatning amal qilish davomiyligi 1 kuni kam bir yilni tashkil etadi.
45
Sertifikatlash organi sertifikatlash stikli va amal qilish muddatini kamaytirishi
mumkin, ammo bu davomiylikni uzuaytirish mumkin emas.
Sertifikatlashtirish sohasi, amal qilish muddati sertifikatda aniq va ravshan
ko’rsatib qo’yilgan bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: