O‘zlashtirish uchun savollar:
6. Halol standarti haqida tushunchalar bering.
7. Halol standarti bizga nima uchun kerak.
8. OIC/SMIIC tashkilotining asosiy maqsadi nimalardan iborat.
14-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining HACCP tizimi
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi
menejmentining HACCP tizimi haqida ma’lumotlar berish.
HACCP ingilizcha so’z birikmasi bo’lib, Hazard Analysis and Critical
Control Points (rus adabiyotlarida ba’zan “HACCP” atamasining o’rniga uning
analogi “ARKKT” – Analiz Riskov i konstepstiya Kriticheskoy Kontrolnoy Tochki
, buni o’zbek tiliga tarjima qiladigan bo’lsak “Xavflar tahlili va kritik nazorat
nuqtalari” ma’no kelib chiqadi, ba’zida esa shunchaki “XACCP” qisqartmasidan
foydalaniladi) – bu umumiy qilib aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini
boshqarish tizimidir. Agar yanada aniq izohlaydigan bo’lsak, HACCP – bu oziq-
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha “zanjiri” bo’yicha, xomashyo
materiallari va qadoqlashdan tortib to iste’molchilarga tayyor mahsulotlarni
etkazgungacha bo’lgan jarayonlarni boshqarish metodologiyasidir.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining HACCP tizimi hozirgi kunda
juda yuqori nufuzga ega. Bu tizim XX asrning 70-yillarida (1971 yilda), ya’ni
odamning fazoga ilk parvozlari boshlangan kezlari AQShda o’ylab topilgan
edi.Orbitaga chiqqan kosmonavtlar uchun mahsulotlar tayyorlaydigan «Pillsbury»
korporastiyasi AQShning havo parvozi va fazo bo’shlig’ini tadqiq qilish milliy
boshqarmasi – NASA bilan birgalikda ishlab chiqarishning butun jarayonini nazorat
qilib turish kerak, degan xulosaga kelgan edi.90- yillar boshida Evropa ittifoqi bu
tizimni oziq-ovqat sanoatida eng xavfsiz tizim sifatida qabul qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq
xo’jaligi bo’yicha tashkiloti (FAO) va Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti
(VOZ) tomonidan hamkorlikda moliyalashtiriladigan hukumatlararo idora – Oziq-
49
ovqat mahsulotlari bo’yicha «Kodeks Alimentarius komissiyasi ex iementarius
Commission) tomonidan 1993 yili XASSP tizimi va uni joriy qilish bo’yicha
qo’llanma ishlabchiqildi.
XASSPishlabchiqarishnibutun zanjiri, ya’ni dastlabki xom ashyodan yakuniy
mahsulotgacha qo’llanishi mumkin bo’lgan, oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini
ta’minlash tizimi talablarini belgilaydi. Bu tizim talablarini mustaqil yoki ISO 9000
standartlari asosidagi sifatni boshqarish tizimlari bilan birgalikda qo’llash mumkin.
Bugungi kunda Evropa ittifoqi, AQSh, Kanadada HACCP usullarini qo’llash va
joriy qilish hamda HACCP tizimini sertifikatlashtirish majburiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |