Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/82
tarix02.01.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#38068
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
HACCPning afzalliklari 

Iste’molchilar har doim sog’lig’i uchun mahsulotlarning sifatli va xavfsiz bo’lishi 

tarafdori ekan, demak ishlab chiqaruvchilar sifatli xom ashiyoladan  foylanaishlari 

hamda sifatli va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishlari lozim. 

Ma’lumki,  insonlar ozuqa  sifatida iste’mol  qiladigan  gusht-sut mahsulotlari  sifati 

hamda em-xashak sifati orasidagi to’g’ri bog’liqlikni keltirish mumkin. 

 

 

 



Ishlab chiqarish amaliyotida HACCP tizimining tezlik bilan tarqalishi, butun 

dunyo uni tan olishi va keng doirada qo’llanishi undan kim foydalansa, u bir qancha 

afzalliklar bilan ta’minlanadi, xususan  

  

HACCP  oziq-ovqat  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  stikli  –  xomashyoni 



olishdan  tortib  to  uni  iste’molchilarga  etib  borgunigacha    bo’lgan  barcha 

bosqichlarida  oziq-ovqat  mahsulotlari  xavfsizlik  parametrlarini  qamrab  oluvchi 

tizimli yondashuvga asoslangna; 

mahsulot  nuqsonlarini  bartaraf  etish  bo’yicha  xarakatlarning  kechikmasligi 

yuzasidan oldini oluvchi chora-tadbirlardan foydalanish; 

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha javobgarlik aniqlash

korxonaning imkoniyati va asosiy resurslaridan kelib chiqqan holda ularning kritik 

jarayonlari va konstentrastiyasini xatosiz aniqlash

ishlab chiqarishning umumiy hajmida nuqsonlar ulushini kamaytirish orqali sezilarli 

darajada iqtisodga erishish

Don va boshqa 

ingredientlarning xavfsizligi 

Em-xashakning 

xavfsizligi 

Go’sht, sut, 

tuxumlarning 

xavfsizligi 



50 

 

sudda  ko’rilishi  mumkin  bo’lgan  ishlarda  va  noroziliklarni  tahlil  qilishda  muhim 



hisoblangan 

ishlab 


chiqarish 

mahsulotlari 

xavfsizligi 

hujjatlashtirilib 

tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish. 

HACCP tizimini joriy qilish   korxonalarga bir qator tashqi afzalliklarni beradi 

:ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatdan iste’molchilarning ishonchi oshadi; 

mavjud  bozorlardagi  sotish  ko’lami  kengayadi  va  yangi  bozorlarga  chiqish 

imkoniyati ochiladi; 

muhim tenderlarda qatnashishda qo’shimcha afzalliklarga erishadi

mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshadi; 

mahsulotning  barqaror  sifatini  ta’minlash  orqali  reklamalar  miqdorining 

kamayishiga erishiladi

sifatli va xavfsiz oziq-ovqat ishlab chiqaruvchining reputastiyasi (obro’si) ortadi. 

  

Ishlab chiqarish amaliyotida HACCP tizimining tezlik bilan tarqalish, butun 



dunyo uni tan olishi va keng doirada qo’llanishi undan kim foydalansa, u bir qancha 

afzalliklar bilan ta’minlaydi.  

Ana  shunda  ishlab  chiqarishning  biron  bosqichida  oziq-ovqat  xavfsizligiga 

bo’ladigan har qanday tahdid imkoniyati istisno etilgan bo’lur edi. 

Butun ishlab chiqarish jarayonida potenstial tahdidlarning oldini olishga asoslangan 

oziq-ovqat  mahsulotlari  xavfsizligi  menejmentining  tizimini  Hazard  Analysis  and 

Critical Control Points (HACCP) taminlaydi.   

 

Tizimli  yondashuvga  asoslangan  va  butun  oziq-ovqat  silsilasida  oziq-ovqat 

mah sulotlari xavfsizligini uzluksiz ta’minlashni kafolatlaydigan HACCP tizimi o’z 

samarasini ko’rsatdi va oradan shuncha yillar o’tib, kurrai zaminimizdagi ko’pgina 

mamlakatlarda keng ommalashdi. 

 Hozirgi  kunda  HACCP  prinstiplariga  rioya  qilish  Evropa  Ittifoqi 

mamlakatlarida  majburiydir (28.01.2002  yildagi  178/2002/ES  reglamenti  oziq-

ovqat bo’yicha qonun hujjatlarining umumiy prinstiplari va talablarini belgilaydi)

Bojxona  ittifoqiga  a’zo  har  uchala  mamlakatning  oziq-ovqat  mahsulotlari 

etishtiruvchilari  (tayyorlovchilari)ning  hammasi  2014  yil  1  iyuldan  e’tiboran 

HACCP  tartib-taomillarini  joriy  etishlari  shart (Bojxona  ittifoqining  «Oziq-ovqat 



mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida»gi TR TS 021/2011-raqamli texnik reglamenti)

Mazkur  reglamentga  muvofiq  mahsulot  etishtiruvchilarning  (tayyorlovchilarning) 

hammasi  HACCP  prinstiplariga  asoslangan  oziq-ovqat  mahsulotlari  xavfsizligi 

menejmenti  tizimlarini  ishlab  chiqishlari,  joriy  etishlari  va  qo’llab-quvvatlashlari 

kerak. Ana shu talablar O’zbekiston korxonalariga ham taalluqlidir. Agar ular oziq-

ovqat  mahsulotlarini  nafaqat  Evropaga,  balki  Rossiya,  Qozog’iston  va  Belarusga 

eksport  qiladigan  bo’lsalar,  mazkur  tizimlarni  joriy  etishlari  va  qo’llab-

quvvatlashlari lozim bo’ladi. 

HACCP tizimi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga doir boshqa tizimlardan 

farqi. 


 Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining an’anaviy prinstiplarida asosiy maqsad 

pirovard  mahsulotga  to’g’ri  keladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  mahsulot  tayyor 

bo’lganidan keyingina tanlov asosidagi tekshiruvga ro’baro’ bo’ladi. 



51 

 

HACCP tizimida xom ashyo va tayyor mahsulotni, ta’bir joiz bo’lsa, qadam-



baqadam kuzatib borish prinstipi inobatga olinadi. Bunda korxonadan xom ashyoni 

faqat  ishonchli  bo’lgan  mahsulot  etkazib  beruvchilardan  olish  taqozo  qilinadi. 

Negaki,  sifatsiz  xom  ashyodan  sifatli  mahsulot  tayyorlash  mushkul  ishdir.  Xuddi 

shuningdek  mahsulot  kimga  etkazib  berilayotganligini  ham  juda  puxtalik  bilan 

kuzatib turish lozim. Bu narsa iste’molchilar xavfsizligiga tahdid solingan taqdirda 

mahsulotni kimdan chaqirib olish mumkinligini bilish uchun zarurdir. 

HACCP  tizimining  qiymati  muayyan  tarmoqning  o’ziga,  korxona,  bino, 

foydalanilayotgan  uskuna,  texnologik  jarayonlarning  holatiga,  foydalanilayotgan 

oziq-ovqat  mahsuloti  xavfsizligi  yuzasidan  korxonada  qanday  standartlardan 

foydalanilayotganligiga  bog’liqdir.  Agar  sanab  o’tilganlarning  hammasi  yaxshi 

holatda bo’lsa, HACCP tizimini joriy etish ancha arzonga tushadi.Bundan tashqari, 

mazkur  tizim  samarali  amal  qilishi  uchun,  uni  muntazam  ravishda  bir  maromda 

saqlab  turish  uchun  korxona  tomonidan  sodir  etiladigan  xarajatlar  ham  bor. 

Xodimlarni  muttasil  o’qitib-o’rgatish,  hujjat  yuritish  va  shu  singari  ishlar  bilan 

bog’liq  xarajatlar  shular  jumlasidandir.  Xodimlarning  bilim  va  ko’nikmalari 

takomillashtirilmas  ekan,  hatto  eng  zamonaviy  uskunalar  ham  oziq-ovqat 

mahsulotining xavfsizligini ta’minlashga qodir bo’lmaydi. 

Evropalik ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda HACCP tizimini ishlab 

chiqish va joriy etishga kiritilgan investistiyalar odatda 2–3 yil mobaynida qaytadi, 

korxonani  modernizastiya  qilish  yuzasidan  katta  ishlar  qilingan  taqdirda  ham 

shunday bo’ladi. 

Biz  oziq-ovqat  mahsuloti  xavfsizligi  menejmenti  tizimlarini  joriy 

etish borasida  xalqaro  tajribaga  ega  bo’lgan  maslahatchilarni,  bu  sohadagi  eng 

yaxshi  mutaxassislarni tanlab  olmoqdamiz. Maslahatchilarimiz  qanchadan-qancha 

korxonalarda  oziq-ovqat  mahsulotlari  xavfsizligi  menejmentiti  tizimlari  joriy 

etilishini kuzatib turdilar va mijozlarimiz sertifikatlashtirishdan yaxshi o’tdilar. Ayni 

bir vaqtda mahalliy maslahatchilarni ham jalb etmoqdamiz, ular tajriba orttirishiga 

ko’maklashmoqdamiz. 

Shuni  aytib  o’tish  lozimki,  HACCP  tizimi  asosan  sifatni  ta’minlashga 

profilaktik  yondoshuvda  qurilgan  va  shuning  uchun  na  faqat  ishlab  chiqarish 

jarayonilari davomida nazorat vositasi bo’lib hisoblanib, balki, yangi mahsulotlarni 

ishlab chiqishda sifatni loyihalashtirish uchun qo’llaniladi. 

 HACCP tizimini qo’llashdan asosiy maqsad barcha bosqichlarda (tayyorlash, 

qayta  ishlash,  ishlab  chiqarish,  qadoqlash,  saqlash,  tashish,  tarqatish,  yuklash-

tushirish ishlari, sotishga taklif etish va iste’molchilarga etkazib berish) jarayonlarini 

uzluksiz  tekshirish,  tahlil  qilish  va  monitoringini  o’tkazish  orqali  oziq-ovqat 

mahsulotlarini xavfsizligi va gigienasi ta’minlash bo’lib hisoblanadi.  

To’g’ri  qo’llanish  sharoitlarida  HACCP  tizimi  o’zida  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  xavfsizligini  samarali  boshqarish  ishonchini  beruvchi  sifatida 

tavsiyalarni  namoyon  etadi.  Tizim  korxonalarga  xavfsiz  mahsulot  etkazish  va 

keraksiz  vaziyatlar  yuzaga  kelishini  oldini  olishni  rejalashtirishni  imkoniyatini 

beradi. 


 HACCP tizimining asosiy tamoyillari: 


52 

 

 Ichki  bozorda  ishlab  chiqaruvchilar  boshqa  davlatlarning  chakana  savdo 



tarmog’ida ishtirok etishi mumkin. Davlatlararo mahsulotlarni alanishini kengaytish 

maqsadida  qatnashuchi-davlatlar  mahsulotga  umumiy  talablarni  kelishuvga  ko’ra 

ishlab chiqishadi va o’rnatishadi. 

 Uning asosiga quyidagi tamoyillar kiritilgan: 




Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin