Xavf-xatarlar (xavfli omillar) tahlilini o’tkazish. Jarayon tarkibidagi
operastiyalar ro’yxatini tayyorlash, qo’llaniladigan nazorat usullarini bayon
etish, ahamiyatga ega bo’lgan xavf-xatarlarni yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
bosqichlarni aniqlash lozim. Xom-ashyoni olishdan boshlab to yakuniy
mahsulotgacha bo’lgan barcha bosqich jarayonlarini to’liq aks ettiruvchi ishlab
chiqarish jarayonlarining blok-sxemasi tuziladi. Sxema tuzilganidan so’ng, har bir
bosqichda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha mavjud xavfli omillar
identifikastiyalanadi ya’ni bunda axamiyatga ega xavflarni aniqlash uchun xavf-
xatarlar darajasi aniqlanadi va ularni nazorat qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar
bayon etiladi. Bu xavf-xatarlarni tahlil qilish HACCP tizimida asosiy bosqichi
bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |