Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKMNING



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə26/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKMNING
MEHNATGA HAQ TO’LASH TO’G’RISIDA
NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi 2018-yil


13-oktyabrdagi PF-5553-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeski, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2012-yil
20-martdagi PQ-1729-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni moddiy rag’batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son Qarori, Tuman AKMning Nizomi va kutubxonaning Ichki mehnat tartib qoidalari, Jamoa shartnomasiga muvofiq mehnatga haq to’lash tizimini amalga oshirish qoidalari ishlab chiqilgan.
2. Mehnat haqqining miqdori O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Ish beruvchi bilan xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdoridan oz bo’lishi mumkin emas va uning eng ko’p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
3. Xodimlar oylik maoshi miqdori kutubxona shtat jadvalida ular egallagan lavozimi va vazifalariga belgilangan lavozim maoshlari asosida belgilanadi.


II. MAQSAD VA MAJBURIYATLAR


4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oshirilganda shtatlar jadvali qayta ishlab chiqilib Ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Xodimlarga to’lanadigan ish haqi hajmi mehnat shartnomasida va tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi hamda davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamg’arma mablag’lari hisobidan to’lanadi.
6. Xodimlarning maoshlari tasdiqlangan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari va Yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
7. Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom, Jamoa shartnomalarida, shuningdek, Ish beruvchi tomonidan Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
8. Mehnatga haq to’lashning belgilangan shartlariga muvofiq xodim tomonidan bajarilgan ish uchun o’z vaqtida va to’liq hajmda haq to’lanadi.
9. Ish beruvchi belgilangan tartibda har yarim oyda kamida bir marta xodimlarga ish haqi to’lashni o’z zimmasiga oladi:
- oyning birinchi yarmi uchun har oyning 15 (sanasi);
- oyning ikkinchi yarmi uchun keyingi oyning 5 (sanasi).
Haq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to’g’ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to’lanadi.
10. Mehnat shartnomasi Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda, xodimga tegishli ish haqi quyidagi hollarda:
- mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga;
- mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni;
- mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamayotgan xodimga, u hisob-kitob qilishni talab etgan kuni to’lanishi kerak.
11. Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda, unga tegishli ish haqi quyidagi hollarda:
- qonun bo’yicha yoki shartnomaga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo’lgan xodimga;
- ogohlashtirishiga ko’ra u ishni tashlab ketishga haqli bo’lgan kundan kechiktirmasdan;
- mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida Ish beruvchini ogohlantirishi shart bo’lmagan xodimga;
- ishdan ketgan kunining ertasidan kechiktirmasdan to’lanishi lozim.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin