Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə28/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

Tuman AKM ning
Ish beruvchi bilan xodimlari o’rtasidagi tuzilgan Jamoa shartnomasiga


5-ilova



KELISHILDI”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
raisi __________ T.Rasulova





TASDIQLAYMAN
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
direktori _____________ G.Kushakova





SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKMNING
MEHNAT NIZOLARI KOMISSIYASI TO’G’RISIDA NIZOM

Ushbu Nizomda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Mehnat nizolari komissiyasining (keyingi o’rinlarda – Komissiya) vakolatlari, uni tuzish va ishlash tartibi belgilab qo’yildi.


I. Mehnat nizolari komissiyasini shakllantirish tartibi

1.1. Mehnat to’g’risidagi qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarning qoidalarini, shuningdek, mehnat shartnomasi shartlarini qo’llanish masalalariga doir mehnat nizolari xodimning xohishiga ko’ra komissiyada yoki sudda ko’rib chiqiladi.


1.2. Komissiya xodimlar va Ish beruvchining teng miqdoridagi vakillaridan tuziladi.
1.3. Kasaba uyushmasi qo’mitasi vakillari Komissiyaga Kasaba uyushmasi qo’mitasining qarori bilan tayinlanadi.
1.4. Ish beruvchining vakillari Komissiyaga Tuman AKM direktorining buyrug’i asosida tayinlanadi.
1.5. Komissiya a’zolari komissiya vakolatlari amal qiladigan butun muddatga tayinlanadi. Komissiya a’zosi uning vakolatlari muddati tugamasidan oldin chiqib ketgan taqdirda, ushbu Nizomning 1.3-, 1.4-bandlarida ko’zda tutilgan tartibda Komissiyaning boshqa (yangi) a’zosi tayinlanadi.
1.6. Komissiya a’zolari mehnat qonunchiligi normalarini bilishlari hamda uni qo’llanish masalasiga xolisona, bilimdonlik bilan va vijdonan yondashishlari kerak.
1.7. Mehnat nizolari komissiyasi a’zolarining soni 6 nafardan iborat (tomonlarning teng miqdoridagi vakillar).
1.8. Komissiyaning vakolatlari muddati 2023–2025-yil.
1.9. Komissiyaning vakolatlari muddati tugaganidan so’ng, u ushbu Nizomda ko’zda tutilgan tartibda qayta saylanadi.
1.10. Komissiya o’zining birinchi majlisi oldidan o’z a’zolari orasidan Komissiya raisi va kotibini saylaydi. Keyinchalik har bir majlisda rais va kotib tayinlanadi.
Rais vazifalari Komissiyaning har bir majlisida Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasining vakillari tomonidan navbatma-navbat bajariladi.
1.11. Rais va kotib vazifalari bir majlisning o’zida bir tomonning vakillari tomonidan bajarilishi mumkin emas.
1.12. Komissiya tarkibida mavjud a’zolar boshqa lavozimga o’tganda yoki ishdan bo’shagan taqdirda, uning o’rniga yangi tayinlangan xodim Komissiya a’zosi etib belgilanadi.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin