Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


IV. Mehnat nizolari komissiyasida mehnat nizolarini



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə30/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

IV. Mehnat nizolari komissiyasida mehnat nizolarini
ko’rib chiqish tartibi

4.1. Xodim uning huquqlari buzilganini bilgan yoki bilishi kerak bo’lgan kundan boshlab, uch oylik muddatda Mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.


4.2. Xodimlarning arizalari daftarda ro’yxatga olinishi shart. Bu daftarda Komissiya mehnat nizolarini ko’rib chiqishi bilan bog’liq ishlar qanday olib borilayotgani va Mehnat nizolari komissiyasi qarorlarining ijrosi qayd etiladi.
4.3. Xodim yakka mehnat nizosini ko’rib chiqishi uchun Komissiyaga ariza berish muddati uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan taqdirda, Komissiya bu muddatni tiklashi va nizoni mohiyati bo’yicha hal qilishi mumkin.
4.4. Komissiyaga arizada quyidagilar bo’lishi kerak:
- sana (xodim uning huquqi buzilgani to’g’risida bilgan va Komissiyaga murojaat qilish muddati boshlanishini bog’layotgan vaqt);
- uning vajlarini tasdiqlovchi dalillar;
- xodimning talablari;
- arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati.
4.5. Komissiya nizoni hal etish uchun zarur hujjatlarni tashkilot rahbaridan talab qilish, majlislarga guvohlarni chaqirish, mutaxassislarni, kasaba uyushmasi vakillarini taklif qilish huquqiga ega. Bu shaxslar majlislarga mehnat nizosi taraflarining iltimosiga ko’ra ham, Komissiyaning o’z tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
4.6. Tuman AKM rahbari Komissiyaning talabiga binoan barcha zarur hisob-kitoblar va hujjatlarni taqdim etishi shart.
4.7. Agar ariza taqdim etilganda, Komissiya (yoki sud) ayni o’sha taraflar o’rtasidagi ayni o’sha masala va ayni o’sha asoslar bo’yicha nizo yuzasidan boshqa ariza ko’rib chiqayotgan bo’lsa yoxud agar arizani manfaatdor shaxs nomidan bunday vakolati yo’q shaxs topshirsa, Komissiya bu arizani qabul qilishni rad etadi.
Komissiya raisi yoki uning o’rnini bosuvchi shaxs arizachiga arizani qabul qilish yuzasidan asosli rad javobini beradi.


V. Muddatlarni hisoblab chiqarish

5.1. Ushbu Nizomda ko’zda tutilgan muddatlar, u boshlanadigan kun sifatida belgilangan kalendar sanasidan keyingi kundan boshlanadi.





Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin