VI. Arizani tinglashga tayyorlash
6.1. Mehnat nizolari Komissiya majlis o’tkazishdan oldin:
- nizoni to’g’ri hal etish uchun ahamiyati bo’lgan holatlarni aniqlaydi;
- nizoni hal etishda qo’llanilishi kerak bo’lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasini aniqlaydi;
- nizoni ko’rib chiqishda qatnashadigan shaxslar tarkibini aniqlaydi;
- taraflarning har biri o’z talablarini asoslash uchun taqdim etilishi kerak bo’lgan dalillar ro’yxatini belgilaydi.
6.2. Xodim Komissiyada nizoni chiqishning istalgan bosqichida bu nizoni to’xtatishga haqli.
VII. Mehnat nizolari komissiyasining majlisini o’tkazish tartibi
7.1. Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosi xodim ariza bergan kundan boshlab, 10 kunlik muddat ichida ko’rib chiqishi shart. Komissiya masala qachon ko’rilishi haqida xodimni oldindan xabardor qiladi.
7.2. Komissiyaning majlislari ochiq shaklda o’tkaziladi.
7.3. Komissiya majlisida Ish beruvchining yoki Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining teng miqdordagi vakillari ishtirok etishi kerak.
7.4. Nizo ariza bergan xodimning huzurida ko’rib chiqiladi.
7.5. Ish beruvchining vakili Komissiya majlisida qatnashish istagini bildirgan, lekin uzrli sababga ko’ra unga kelmagan va bu haqda Komissiyaga o’z vaqtida va lozim tarzda xabar bergan hollarda, Mehnat nizolari komissiyasi Ish beruvchining kelmagani munosabati bilan nizoni ko’rib chiqishni boshqa muddatga qoldirishi mumkin.
7.6. Taraflar quyidagi huquqlarga ega:
- dalillarni taqdim etish;
- dalillarni tadqiq etishda qatnashish;
- Komissiya majlisida qatnashayotgan shaxslarga, Komissiya majlisiga taklif qilingan guvohlar, mutaxassislarga savollar berish;
- iltimosnomalar berish;
- Komissiyaga og’zaki va yozma tushuntirishlar berish;
- Komissiya majlisida qatnashayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlari va mulohazalari yuzasidan e’tirozlar bildirish;
- Komissiya majlisida audio va video uskunalardan foydalanish.
7.7. Nizo mohiyati bo’yicha hal qilinayotganda, Komissiya dastlab xodimning u bildirgan talablar borasidagi tushuntirishlarini tinglaydi. Keyin Ish beruvchining vakili tinglanadi, taraflarning dalillari o’rganiladi, mutaxassislar, guvohlar tinglanadi.
7.8. Majlisda Komissiya kotibi majlis bayonini yuritadi. Bu majlis bayoni majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi, muhr bilan tasdiqlanadi va maxsus daftarga tikib qo’yiladi.
7.9. Nizo taraflari va majlisning manfaatdor ishtirokchilari majlis bayoni bilan tanishib chiqish huquqiga ega. Ular majlis bayoni imzolangan sanadan boshlab, uch kun ichida u bo’yicha (yo’l qo’yilgan xatolarni va noto’liqligini ko’rsatgan holda), yozma fikr bildirishlari mumkin. Komissiya taraflarning fikrlarini majlis bayoniga ilova qilishi shart.
7.10. Komissiyaning majlis bayonlari uning vakolatlari muddati tugaguncha saqlanadi.
2023–2025-yillar uchun
Tuman AKM ning
Ish beruvchi bilan xodimlari o’rtasidagi tuzilgan Jamoa shartnomasiga
6-ilova
“KELISHILDI”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
Kasaba uyushmasi qo’mitasi
raisi __________ T.Rasulova
|
“TASDIQLAYMAN”
Samarqand viloyat Qo’shrabot tuman AKM
direktori _____________ G.Kushakova
|
Dostları ilə paylaş: |