IV. MEHNAT VA JAVOBGARLIK INTIZOMLARINI TA’MINLASh
Mehnat intizomi mehnat to’g’risidagi qonun, Jamoa shartnomasi shartlari, ichki mehnat tartibi qoidalari va texnologik intizomni nazarda tutuvchi boshqa hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish talablari, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek, har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilishni o’z ichiga oladi.
Mehnat majburiyatlari tegishlicha bajarilsa, mehnatning yuqori darajalariga erishilsa, korxonada uzoq va bexato ishlasa va ishda boshqa muvaffaqiyatlarga erishilsa, xodimlarga quyidagi mukofotlar berilishi mumkin:
- tashakkurnoma;
- faxriy yorliq
- pul mukofoti;
- qimmatbaho sovg’alar.
Alohida mehnat xizmatlari uchun xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlari berilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 155-moddasida nazarda tutilgan mehnat intizomi buzilsa, mehnat intizomi muntazam buzilsa hamda mehnat intizomi bir marta qo’pol ravishda buzilsa, ish beruvchi xodimga ma’muriy jazoning quyidagi choralarini qo’llashga haqli:
- hayfsan;
- o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima;
- mehnat shartnomasini bekor qilish.
Jazo qo’llanilishidan oldin xodimga yo’l qo’yilgan xato sabablarini va holatni yozma shaklda tushuntirib berish imkoniyati beriladi. Tushuntirib berishdan voz kechish u yo’l qo’ygan xato uchun unga jazo qo’llanilishiga to’sqinlik qilmaydi. Xodimning tushuntirib berishdan bosh tortishi hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Ma’muriy jazoning amal qilish muddati, u qo’llangan kundan boshlab bir yil. Agar ushbu muddat davomida xodimga yangi ma’muriy jazo qo’llanmasa, u holda unga berilgan ma’muriy jazo bekor qilinadi.
Ma’muriy jazo qo’llagan Ish beruvchi o’z tashabbusi, xodim iltimosi, nazorat qiluvchi direktor o’rinbosari iltimosi bo’yicha bir yillik muddat tamom bo’lishidan oldin uni bekor qilishga haqli.
Xodimga berilgan ma’muriy jazoning muddatidan oldin bekor qilinishi Ish beruvchi buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Ish beruvchiga to’g’ridan-to’g’ri ziyon yetkzilsa, xodim moddiy javobgarlikka tortilishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |