XXII. AYRIM TOIFADAGI XODIMLAR MEHNATINI TARTIBGA SOLISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
22.1. Nogironligi bo’lgan shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida ular o’zi uchun qonunchilikda belgilangan qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadi.
22.2. O’rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to’lash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha haq, ustamalar, rag’batlantiruvchi to’lovlar to’lash mazkur ish o’zi uchun asosiy ish bo’lgan xodimlarga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Masofadan turib ishlovchi xodimlar
22.3. Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek, yong’inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro’y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchida tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlar mavjud bo’lganda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 458-moddasida keltirilganlarga qo’shimcha ravishda vaqtincha masofadan turib ishlashga o’tish yoki o’tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlarning toifalari quyidagilardan iborat:
a) ish joyidan 20 km. va undan ortiq masofada yashovchi shaxslar;
b) masofadan turib ishlash uchun o’zining texnik va tashkiliy imkoniyatlariga ega bo’lgan shaxslar.
22.4. Agar stasionar ish joyida xodim bajarayotgan ishning o’ziga xos xususiyati uni O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 454-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha vaqtincha masofadan turib ishlashga o’tishini yoki o’tkazilishini amalga oshirish imkonini bermasa va unga to’liq bo’lmagan ish vaqtini o’rnatish imkoni buzilsa, mazkur xodim o’z mehnat vazifalarini bajarmayotgan vaqt ish beruvchiga va xodimga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra bekor turib qolish hisoblanadi hamda bu vaqt uchun tarif stavkasi (maosh)ning uchdan ikki qismi miqdorida haq to’lanadi.
22.5. Masofadan turib ishlash to’g’risidagi mehnat shartnomasi bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarishi uchun masofadan turib ishlovchi xodimlarni zarur uskunalar, dasturiy-texnik vositalar, axborotni himoya qilish vositalari va boshqa vositalar bilan ta’minlash tartibi hamda muddatlari, masofadan turib ishlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni topshirish tartibi va muddatlari, masofadan turib ishlovchi xodimlar tomonidan ularga tegishli bo’lgan yoki ijaraga olingan uskunalar, tashkiliy texnika, dasturiy-texnik vositalar, aloqa vositalari, axborotni himoya qilish vositalaridan hamda boshqa vositalardan foydalanganlik uchun kompensasiyaning miqdori, uni to’lash tartibi va muddatlari, masofadan turib ishlash bilan bog’liq boshqa xarajatlarning o’rnini qoplash tartibi Masofadan turib ishlash to’g’risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
22.6. Masofadan turib ishlovchi xodimning har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi 30 kalendar kun miqdorida o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |