Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


XVII. KASABA UYUSHMASI QO’MITASI VA KASABA UYUSHMASI FAOLLARINING HUQUQIY KAFOLATLARINI TA’MINLASH



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə16/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XVII. KASABA UYUSHMASI QO’MITASI VA KASABA UYUSHMASI FAOLLARINING HUQUQIY KAFOLATLARINI TA’MINLASH

17.1. Ish beruvchilar (mansabdor shaxslar) kasaba uyushmasi huquqlariga amal qiladilar, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, uning faoliyatiga har tomonlama yordam ko’rsatadilar.


17.2. Kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibiga saylangan xodimlar, mehnat muhofazasi bo’yicha vakillar va mehnat nizolari bo’yicha komissiya a’zolari bo’lgan va ishlab chiqarishdan ozod etilmagan xodimlarni Ish beruvchining tashabbusi bilan boshqa ishga o’tkazish, ularga nisbatan intizomiy choralar qo’llash, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
17.3. Kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga kasaba uyushmalariga oid majburiyatlarini ish vaqtida bajarish uchun ish haftasi soatlari sonining 30 foizidan kam bo’lmagan miqdorda ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi.
17.4. Boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi etib saylangan hamda kasaba uyushmasi ishini jamoatchilik asosida yuritayotgan xodimga Kutubxona mablag’i hisobidan har oyda quyidagi miqdorda qo’shimcha haq to’lanadi:
- 50 nafargacha a’zosi bo’lgan kasaba uyushmasi tashkilotida – lavozim maoshining
10 foizdan kam bo’lmagan miqdorda;
- 51 dan 100 nafargacha a’zosi bo’lgan kasaba uyushmasi tashkilotida – lavozim maoshining 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda;
- 101 va undan ortiq a’zosi bo’lgan kasaba uyushmasi tashkilotida – lavozim maoshining 20 foizdan kam bo’lmagan miqdorda.
XVIII. IJTIMOIY SHERIKCHILIK. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI

18.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi o’zaro munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik, hamkorlik, o’zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.


18.2. Ish beruvchi kutubxonada xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qo’mitasini tan oladi.
18.3. Tomonlar kasaba uyushmasi a’zolik badal pullarini xodimning yozma arizasiga binoan, kutubxona buxgalteriyasi orqali pul o’tkazish yo’li bilan to’lanib borilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
18.4. Ish beruvchi:
a) Jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan oldindan kelishib olish, zarur hollarda uning roziligini olish;
b) Kasaba uyushmasi qo’mitasining Nizomida belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni xonalar, transport, tashkiliy texnika, aloqa vositalari, devonxona mollari bilan bepul ta’minlash majburiyatlarini oladi.
18.5. Kasaba uyushmasi qo’mitasi:
a) kutubxonaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarini bajarilishiga ko’maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish;
b) qo’llanilayotgan mehnatga haq to’lash tizimlari, ish haqi to’lanishi, jamoa shartnomasi bo’yicha qo’shimcha to’lovlar berilishi to’g’riligini, shuningdek, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo’yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
v) xodimlarning mehnat qilish huquqini himoya qilish;
g) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyenasi qoidalari talablariga muvofiq holatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko’rilishini talab qilish;
d) kasaba uyushma a’zolari orasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko’rish;
ye) Kutubxona mehnat faxriylariga Viloyat AKMning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan moddiy yordam ko’rsatish.
18.6. O’zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi Qonuniga binoan kasaba uyushmasi organlariga saylanib, ishlab chiqarish faoliyatidan ozod etilgan shaxslarga, ularning vakolat muddatlari tugaganidan so’ng, avvalgi yoki shunga teng ish berilishini ta’minlash uchun Ish beruvchi bunday xodimlarning bo’shab qolgan ish o’rinlariga yangi xodimlarni faqatgina muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomalariga binoan ishga qabul qilish majburiyatini oladi.
18.7. Xalqaro mehnat tashkilotining “Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to’g’risida”gi
135-Konvensiyasiga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 18-dekabrda 196-raqam bilan davlat ro’xatdan o’tkazilgan “Mehnat muhofazasi bo’yicha vakil haqida Nizom”ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari mazkur Shartnoma maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etiladi:
a) Saylab qo’yiladigan kasaba uyushmasi organlari a’zolari;
b) Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakillar;
v) Mehnat nizolari komissiyasi a’zolari.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin