Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


XIII. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYA



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə13/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XIII. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYA,
VA SPORT-SOG’LOMLASHTIRISH ISHLARI

13.1. Madaniy-ma’rifiy ishlarni yaxshilash borasida Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi quyidagilarni o’z zimmasiga oladilar:


a) Kutubxona xodimlarining madaniy saviyasini oshirish, respublikani rivojlantirish strategiyasining mohiyatini, milliy mustaqillik mafkurasi mohiyati, prinsiplari, maqsadlari va vazifalarini tushuntirib berish, ma’naviy va ma’rifiy qadriyatlarni targ’ib qilish maqsadida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar o’tkazish, metodik adabiyotlar chop etish. Kutubxona milliy, madaniy, tarixiy, ma’naviy merosni, milliy mustaqillik g’oyalarini xodim va kitobxonlar ongiga yetkazishda katta imkoniyatlarga ega.
b) voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat, shashka singari sport mashg’ulotlari uchun xonalar ajratish va turli sport musobaqalarini o’tkazish imkoniyatini izlash. Ishdan bo’sh vaqtda sport bilan shug’ullanish uchun xonalarni jihozlash. Zarur sport anjomlarini va boshqa uskunalarni xarid qilish;
v) o’quv zallarining qo’shimcha fondlarini zamonaviy adabiyot, plakatlar va texnik vositalar bilan ta’minlash;
g) Respublikaning tarixiy shaharlariga sayohatlar o’tkazish, muqaddas ziyoratgohlarni ziyorat qilish;
d) xodimlar farzandlari uchun yangi yil archalari uyushtirish, kam ta’minlangan oila farzandlarini Yangi yil bayramiga chiptalar va sovg’alar bilan ta’minlash;
ye) umumxalq bayramlarini nishonlash kunlarida tadbirlar uyushtirish, shuningdek, xizmatlar o’rtasida “Eng yaxshi mutaxassis”, “Eng namunali xizmat”, “O’z kasbimiz to’g’risida, biz nimani bilamiz?” kasb mahoratiga doir tadbirlar, turli xil tanlovlar va musobaqalar tashkil etish;
j) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ichki turizmni rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Viloyat AKM xodimlarini tashkilot, Kasaba uyushmasi qo’mitasi, xodimning o’z mablag’lari hisobiga mamlakatimizning turistik zonalariga yuborish.
Xodimlarning bo’sh vaqtlarini sermazmun o’tkazish maqsadida respublikaning tarixiy yodgorliklar mavjud bo’lgan qadimiy shaharlariga sayohatlar uyushtirish (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son Qarori asosida xodimlar umumiy sonining 10 fozidan kam bo’lmasligi kerak);
“Ichki turizm oyligi”, “Ichki turizm haftaligi” hamda “Ichki turizm kunlari”ni, “Oilaviy sayohat ta’tili”ni tashkil etish va o’tkazish;
xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay bo’lgan vaqtda sayohat qilish va dam olish uchun ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan dam olish kunlari (otgul) berish.
Har yili Kasaba uyushmasi qo’mitasi mablag’lari hisobidan sovg’alar bilan ta’minlangan holda xodimlarning (ishlaydigan ota-onaning bittasiga) 3 (uch) yoshga to’lgan va 12 (o’n ikki) yoshgacha bo’lgan bolalari uchun yangi yil tomoshalariga borishni tashkil qilish.
13.2. Taraflar xodimlar va ularning oila a’zolari o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish maqsadida Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda quyidagilarni o’z zimmalariga oladilar:
13.2.1. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish hamda ommaviyligini oshirish maqsadida mavjud oddiy sport inshootlarining moddiy texnika bazasini muntazam mustahkamlab borish.
13.2.2. Mehnat jamoasida xodimlar gimnastikasini tizimli joriy etish;
13.2.3. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamdagi islohotlar mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini xodimlarga atroflicha tushuntirish maqsadida har oyda “Ma’naviyat soatlari”ni o’tkazib borish.
13.2.4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-son Farmoniga asosan sport tadbirlarining muntazam tashkil etilishini yo’lga qo’yish maqsadida, mas’ul xodimga yuklatish va ish natijalari bo’yicha ularni rag’batlantirib borish masalasini jamoa shartnomalarida belgilab olish.
13.2.5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-noyabrdagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to’g’risida”gi O’RQ-648-son Qonuniga asosan, ommaviy madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish.


XIV. Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul shaxslarning mehnatini tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlari hamda ularga BERILADIGAN QO’ShIMChA imtiyozlar va KAFOLATLAR

14.1. Taraflar mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik, huquq va imkoniyatlar tengligi, teng ahamiyatli mehnat uchun teng haq to’lash prinsiplariga qat’iy rioya etishni o’z zimmalariga oladilar:


a) ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar uchun;
b) uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar uchun;
v) o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun;
g) o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri (vasiy, homiy) uchun;
d) o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun;
ye) onasiz bolalarni tarbiyalayotgan shaxslar uchun;
14.2. Sakkiz (10 – 12) yoshgacha farzandi bo’lgan ayollarning iltimosiga ko’ra, oyda
14 kalendar kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan dam olish kuni berish.
14.3. Homilador ayolning, 14 yoshga to’lmagan (16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan, homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob oila a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan xodimning arizasiga ko’ra, ish beruvchi (TMEK (VTEK) yoki TMK (VKK) tibbiy xulosasiga muvofiq qarashga muhtoj bo’lsa, ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga majbur.
14.4. Homilador ayollar tibbiy muassasalarda majburiy dispanser ko’rigidan o’tayotgan bo’lsa va agar mazkur ko’rikni ishdan tashqari vaqtda o’tkazish imkoniyati bo’lmasa (shifoxonadan bosh shifokor imzosi bilan ko’rikdan o’tish to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etgandan so’ng) ularning o’rtacha ish xaqi saqlangan holda ishdan ozod etish.
14.5. Uch yoshga to’lmagan bolalari bor ayollarga to’liq ish haqi saqlangan holda
1 soatga qisqartirilgan ish kuni belgilash;
14.6. Bolalik ayollarning bola 3 yoshga to’lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo’lgan vaqti mehnat stajiga qo’shiladi va keyingi haq to’lanadigan yillik ta’til olish huquqini beradi.
14.7. Yillik ta’tillarni ularning xohishiga ko’ra yozgi yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda berish.
14.8. Normativda ko’zda tutilganidan tashqari ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalarini, sog’lomlashtirish majmualari va dam olish xonalarini barpo etish.
14.9. Ish beruvchining majburiyatlari:
14.9.1. ayollarga malaka oshirish va qo’shimcha ma’lumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;
14.9.2. uzoq muddat mazkur Kutubxonada mehnat qilgan ayollarga ichki imkoniyatlardan kelib chiqib qo’llab-quvvatlash;
14.9.3. “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni amalga oshirishga ko’maklashish;
14.10. Taraflar O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida ko’zda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini o’z zimmalariga oladilar:
14.10.1. xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash majburiyatlarini Kutubxonaning va uning tarkibiy bo’linmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish;
14.10.2. ishga qabul qilish va xizmat bo’yicha ko’tarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;
14.10.3. xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq to’lashda notenglikni bartaraf etish.
14.11. Ayolga tug’ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug’ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug’ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug’ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o’rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo’lmagan miqdorda nafaqa to’lanadi.
Homiladorlik va tug’ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug’ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to’liq beriladi.
Homiladorlik va tug’ish nafaqasini tayinlash hamda to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (404-modda).
14.12. Taraflar Xalqaro mehnat tashkilotining “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq to’lash to’g’risida”gi 100-son Konvensiyasi hamda O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida ko’zda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini o’z zimmalariga oladilar:
14.12.1. Ishga qabul qilish va xizmat bo’yicha ko’tarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;
14.12.2. Xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq to’lashda notenglikni bartaraf etish.
14.13. Kasaba uyushmasi qo’mitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaxshilashga ko’maklashishni o’z zimmasiga oladi, ayollar mehnati va sog’ligi muhofazasi bo’yicha tashkilotning ijtimoiy dasturi bajarilishida Ish beruvchiga yaqindan yordam beradi.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin