Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə12/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XII. IJTIMOIY SUG’URTA. IJTIMOIY
IMTIYOZ VA KAFOLATLAR

12.1. Taraflar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan ijtimoiy yo’nalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qat’iy bajarilishiga erishish majburiyatini o’z zimmasiga oladilar.


O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda xodimlarni moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish fondi to’g’risidagi qoidaga muvofiq mablag’ bo’lganda, xodimlarning imtiyozli yo’llanmalarni olishiga ko’maklashishni (5-ilova).
12.3. Onasiz farzandlarini tarbiyalovchi shaxslarga imtiyozlar berish; homiladorligi munosabati bilan ayollarga (ish vaqtidan tashqari ishlarni cheklash, dam olish kunlari ishga chaqirish va safarga jo’natishni cheklash, shuningdek, qo’shimcha ta’tillar berish, mehnatning imtiyozli rejimlarini belgilash va mehnat to’g’risidagi qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan boshqa kafolatlar va imtiyozlar berish), onasiz farzandini voyaga yetkazayotgan otalarga (rafiqasi vafot etgan bo’lsa, ota-ona huquqidan mahrum etilgan bo’lsa, uzoq muddat davolash muassasasida bo’lsa va boshqa holatlarda), voyaga yetmaganlar vasiylariga.
12.4. Tibbiy xizmat ko’rsatishda va dori-darmonlar xarid qilishda moddiy yordam ko’rsatishni ta’minlash (5-ilova).
12.5. Yuqorida ko’rsatilgan kafolatlar va imtiyozlar ota-ona vasiyligidan mahrum bo’lgan lekin amalda farzand voyaga yetkazayotgan buviga, buvaga yoki boshqa qarindoshlarga beriladi.
12.6. Kutubxonaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moddiy yordam ko’rsatish (O’zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining yarim barobari miqdorida):
- dafn marosimi sarf-xarajatlari uchun;
- ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga;
- pensiyaga chiqayotganda.
12.7. Uzoq vaqt (bir-uch oy) mobaynida og’ir betob bo’lgan xodimlarga lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam ko’rsatish.
12.8. Toyloq tuman AKM xodimlariga moddiy yordam istisno hollarda – ularning murojaatiga ko’ra yoki Tuman AKM Kasaba uyushmasi qo’mitasining tashabbusi bo’yicha (xodimlarning to’y va yubiley marosimlari, yaqin qarindoshlarining vafot etishi, og’ir jarohatlar olish, og’ir kasalliklarga yo’liqish, tabiiy ofatlar oqibatlari va shu kabilar) tegishli xodimning bir barobaridan kam bo’lmagan ikki lavozim maoshigacha miqdorda beriladi (5-ilova).
12.9. O’sib kelayotgan yosh avlodga g’amxo’rlik ko’rsatish maqsadida taraflar quyidagi majburiyatlarni oladilar:
a) har yili o’quv yili boshlanishi arafasida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan ko’p bolali kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun har bir bolaga O’zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining
10 foizi hisobidan kelib chiqqan holda o’quv qurollari xarid qilish;
b) xodimlar farzandlariga har yili yangi yil sovg’alarini Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi hisobidan topshirilishini tashkil etish;
v) xodimlar farzandlarining bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlash (Ish beruvchi, Kasaba uyushmasi qo’mitasi va xodimlarning o’zaro kelishuvi asosida);
12.10. Kasaba ushyumasi qo’mitasi xodimlar arizalariga ko’ra respublikaning sanatoriya-profilaktoriysiga, sanator-kurort davolanishga, dam olishga, bolalar sog’lomlashtirish oromgohiga yo’llanma xarid qilish va ulardan foydalanish to’g’riligini nazorat qilishni o’z zimmasiga oladi.
12.11. Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda O’zR Soliq kodeksining 378-moddasida jismoniy shaxslarga berilgan imtiyozlardan foydalangan holda xodimning arizasiga muvofiq (tegishli hujjatlarni ilova qilish sharti bilan) qo’shimcha moddiy yordam to’lovlarini amalga oshirishi mumkin.
12.12. Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda ishlamaydigan pensionerlarning mehnat jamoasining jamoat hayotida ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratishni, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolg’izlardan xabar olish, tug’ilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovg’alari berishni, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishda ko’maklashishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratishni o’z zimmasiga oladi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4906 son Farmoni).
12.13. Ish beruvchi masofadan turib ishlovchi xodim bilan yozma mehnat shartnomasining namunaviy shakli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida kuyidagilarni o’z zimmasiga oladi:
Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yong’inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro’y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchida tegishli texnik va tashkiliy imkoniyatlar mavjud bo’lganda vaqtincha masofadan turib ishlashga o’tish yoki o’tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlarning toifalari quyidagilardan iborat:
homilador ayollar;
o’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolalarning ota-onalari, vasiylari;
nogironligi bo’lgan shaxslar;
yoshga doir pensionerlar;
nogironligi bo’lgan shaxslarni yoki oilaning o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan bemor a’zolarini parvarishlayotgan xodimlar.
Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan xodimlarning boshqa toifalari ham vaqtincha masofadan turib ishlashga o’tish yoki o’tkazish uchun ustuvor huquqqa ega bo’lishi mumkin.
12.13.1. Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, ishlayotgan pensionerlar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o’tkazadi;
Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o’tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, ishlayotgan pensionerlar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o’tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, ishlayotgan pensionerlar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.
Masofaviy ishga o’tkazish yuzasidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o’zgartirishlarda Mehnat kodeksining 452-moddasida nazarda tutilgan shartlar bilan bir qatorda quyidagilar ko’rsatiladi:
Ish beruvchi va xodim o’rtasida elektron hujjat almashinuvi bo’yicha o’zaro aloqalar tartibi;
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jihozlar va yoki texnika vositalaridan foydalanish tartibi, agar tomonlar tarafidan xodimga tegishli jihozlar va/yoki texnika vositalaridan foydalanish to’g’risidagi kelishuv mavjud bo’lsa;
Ish beruvchi bilan doimiy aloqalarini ta’minlash maqsadida xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan Internet tarmog’idan foydalanish;
Ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalarning xodimning aybi bilan buzilganda, yetkazilgan zararni xodim tomonidan Ish beruvchiga qoplab berish bilan bog’liq shartlar;
xodim o’z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki texnika vositalaridan, shuningdek aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmog’idan foydalangan taqdirda xarajatlarni qoplash tartibi va shartlari;
xodim va Ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo’yicha majburiyatlari.
12.13.2. xodim pandemiya vaqtida pandemiya va epidemiya holatidagi infeksiyasi bilan kasallanganda, Ish beruvchi unga Kasaba uyushmasi qo’mitasining tavsiyasiga ko’ra moddiy yordam ko’rsatilishi mumkin;
12.13.3. pandemiya davrida ish jarayonida kasallangan xodimlarning davolanishiga ketadigan xarajatlar Kutubxona mablag’lari hisobidan qoplanadi;
12.13.4. pandemiya sharoitida xodimning oila a’zolaridan kasallanib, davolanayotganlarga Ish beruvchi tomonidan unga Kasaba uyushmasi qo’mitasining tavsiyasiga ko’ra moddiy yordam ko’rsatilishi mumkin;
12.13.5. pandemiya munosabati bilan kasallik yuqtirgan xodimlarning sog’lig’iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og’ir ahvolga tushishi va sog’lig’i tiklanmaganligi munosabati bilan Ish beruvchi Kutubxonaning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlaydi;
12.13.6. Kutubxona xodimlari o’rtasida pandemiya sharoitida Ish beruvchi xodimlarni ish joylarida antiseptik va zarur sanitariya-gigiyena vositalari, niqoblar bilan ta’minlashni, kasallik uchun test tahlillarini topshirishni, yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina bilan emlashni, shuningdek ish joylarini, oshxonani, yuvinish xonasini, hojatxonani, ishchilarni tashuvchi transport vositalarini dezinfeksiya qilish ishlarini amalga oshiradi.
12.14. Pandemiya davrida kasallanib vafot etgan xodimlarning oilasiga moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, Ish beruvchi yoki Kasaba uyushmasi qo’mitasi mablag’lari hisobidan moddiy yordam ajratiladi.
12.15. Favqulodda vaziyatli holatlar yuzaga kelganda, karantin e’lon qilinganda Ish beruvchi xodimning roziligiga ko’ra unga ish haqini qisman saqlab qolgan holda ta’til berishi mumkin.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin