Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə9/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

IX. MEHNAT INTIZOMI

Muassasada mehnat tartibi Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilib tasdiqlangan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.


Mehnat Kodeksida belgilangan muddatlarda mehnat qonunchiligiga daxldor va ichki intizomni belgilovchi hujjatlar bilan xodimlarni yozma ravishda tanishtirilishi, bunda ushbu hujjatlar bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qo’llanilishi mumkin emas.
9.1. Ish beruvchi quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:
a) Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishni;
b) Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog’lig’i uchun xavf tug’diruvchi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etmaslikni;
v) Har bir xodim o’ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari (lavozim yo’riqnomasi asosida) doirasi bilan oldindan tanishtirilishini;
g) Mehnat intizomi halol mehnat uchun rag’batlantirish va mukofotlash usullari bilan normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berishni, tartibsiz xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llanish orqali ta’minlanilishini;
d) Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilishi mumkin. Rag’batlantirish turlari, ularni qo’llash tartibi, afzallik va imtiyozlar berish mazkur Shartnoma, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirilishini;
ye) Mehnat majburiyatlari namunali bajarilgani, yuksak kasbiy mahorati (proffesionalizm), tashabbuskorligi va ishdagi boshqa yutuq hamda muvaffaqiyatlari uchun xodimga quyidagi rag’batlantirish choralari ko’rilishi mumkin:
- tashakkur e’lon qilish bilan;
- faxriy yorliq bilan;
- pul mukofotlari berish bilan;
- qimmatbaho sovg’alar bilan;
- xodimlarni mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etish;
- xodimlarning yubiley sanalarida (50, 55, 60 yosh va undan katta) va nafaqaga chiqqanda, kutubxonaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida;
yo) Ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar, rag’batlantirish turlariga kirmaydi.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida, xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilmaydi.
j) Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun Ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo’llashga haqli:
- hayfsan;
- o’rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima;
- Mehnat shartnomasini bekor qilish.
9.2. Kasaba uyushmasi qo’mitasi ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalarini o’z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko’maklashib boradi.
9.3. Xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga, o’rnatilgan mehnat rejimiga, mehnat intizomiga va dress-kodga rioya qilishlari shart (8-ilova).



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin