Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


XIX. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə17/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XIX. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH

19.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi tenglik asosida, mazkur Shartnoma bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya tuzishni o’z zimmalariga oladilar.


19.2. Mazkur Shartnoma bajarilishini tekshirib borishda O’zR Mehnat kodeksida belgilangan tartibda ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha komissiya tarkibini shakllantirishni va yuklatilgan vazifalarini amalga oshirilishida ko’maklashib borishni.
19.3. Kutubxonada ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, jamoa muzokaralari o’tkazish, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash, uning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, shuningdek, Ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa lokal normativ hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish maqsadida teng huquqlilik asosida ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha ikki tomonlama komissiya faoliyati yo’lga qo’yiladi.
Shartnomani imzolagan taraflar komissiya yig’ilishida uning bajarilishini ta’minlamayotgan mas’ullar hisobotini eshitish masalasini qo’yish huquqiga ega.
19.4. Tomonlar shuni e’tirof etadilarki, ularning mazkur Shartnomada aks ettirilgan manfaatlari ular tomonidan jamoa shartnomasining barcha shartlari va majburiyatlari so’zsiz bajarilgan taqdirdagina ro’yobga chiqishi mumkin.
19.5. Mazkur Shartnoma imzolangandan so’ng, tomonlar uni ro’yxatdan o’tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushma organiga taqdim etadilar.
19.6. Jamoa shartnomasi imzolangandan so’ng, tomonlar uni bajarilishi bo’yicha tadbirlar rejasi, mas’ullar va muddatlarni belgilab oladilar.
19.7. Jamoa shartnomasi bilan xodimlar Tuman AKMning mahalliy tarmog’i (lokal tarmoq)da hamda Kasaba uyushmasi qo’mitasida tanishishlari mumkin.
19.8. Jamoa shartnomasi mazmunini manfaatdor xizmatlar hamda xodimlar e’tiboriga yetkazish choralari.
19.9. Jamoa shartnomasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha muzokaralar olib borishni tomonlar o’z zimmalariga oladilar va muddatining belgilanishi o’zaro kelishilgan holda bajariladi.
19.10. Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar, qo’shimcha kelishuv ko’rinishida bo’lgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, mazkur Shartnomaning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
19.11. Jamoa shartnomasining ilovalari uning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
19.12. Yiliga kamida ikki marta yarim yillik va yil natijalari bo’yicha Jamoa shartnomasi bajarilishining tekshiruvini o’tkazish hamda tekshiruv natijalarini mehnat jamoasining majlislari, konferensiyalarida ko’rib chiqish, bunda Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar hisobot beradi.
19.13. Shartnoma imzolangan kunidan bir oydan kechiktirilmagan muddatda broshyura ko’rinishida 4 nusxada chiqariladi. Shartnomaning bir nusxasi xodimlar uchun ko’rinarli joyga osib qo’yiladi, shuningdek, xodimlar Shartnoma matni va ilovalari bilan Kutubxonaning Kadrlar xizmatida hamda Kasaba uyushmasi qo’mitasida tanishishlari mumkin.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin