Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


XX. JAMOA SHARTNOMASI MAJBURIYATLARINING BUZILISHI YOKI ULARNI BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə18/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XX. JAMOA SHARTNOMASI MAJBURIYATLARINING BUZILISHI YOKI ULARNI BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK

20.1. Tegishli hujjatni rasmiylashtirgan Komissiya tomonlar majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi va bir yilda kamida bir marotaba tekshiriladi.


20.2. Umumiy jamoa yig’ilishida tekshiruv natijalari xodimlarga yetkaziladi.
Ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar quyidagilar uchun javobgar bo’ladilar:
a) Jamoa shartnomasini tuzish, o’zgartirish yoki to’ldirish yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo’yin tovlaganlik yoki ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan muddatda tegishli komissiyaning ishini ta’minlamaganlik uchun;
b) Muzokaralar olib borish va Jamoa shartnomasi rioya etilishi ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim etmaganlik uchun;
v) Jamoa shartnomasi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik uchun. Kasaba uyushmasi qo’mitasi talabiga ko’ra, mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs Jamoa shartnomasi majburiyatlari buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bo’lgan rahbarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rishi shart.
g) Sanab o’tilgan harakatlar (harakatsizliklar) mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi tariqasida baholanadi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi.
20.3. Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli organlari tekshirib boradilar. Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o’zlaridagi buning uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
20.4. Ish beruvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, Kasaba uyushmasi qo’mitasi ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to’g’risida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda ko’rib chiqiladi. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo’mitasining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad qilgan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq ko’rib chiqiladi. (O’zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi Qonunining 46-moddasi).



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin