Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


XXI. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə19/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XXI. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI

21.1. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga yetkazilgan ziyonning o’rnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlikdir.


Bunda Ish beruvchining Xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan kam bo’lmasligi, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan yuqori bo’lmasligi kerak.
21.2. Ish beruvchi O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 320-moddasida nazarda tutilgan hollarda qo’shimcha ravishda yana quyidagi hollarda Xodimga to’liq olinmagan ish haqini qoplashi shart:
a) kafolatli to’lovlar va qo’shimcha to’lovlar, kompensasiya tarzidagi qo’shimcha to’lovlar va ustama to’lovlar, rag’batlantirish tarzidagi qo’shimcha to’lovlar va ustama to’lovlar hamda mukofotlardan qonunga xilof ravishda to’liq yoki qisman mahrum qilinish;
b) faoliyatning eng muhim samaradorlik ko’rsatkichlari (KPI)ning noqonuniy ravishda kamaytirilishi.
21.3. Ish beruvchi ish haqini, ta’til to’lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to’lovlarni va (yoki) xodimga to’lanishi lozim bo’lgan boshqa to’lovlarni to’lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to’lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran, to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o’z ichiga olgan muddatgacha, har bir kechiktirilgan kun uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’sha vaqtda amalda bo’lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensasiya) bilan birga to’lashi shart.
Xodimga to’lanishi lozim bo’lgan pulli kompensasiyaning miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining kamida 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Mazkur pulli kompensasiyani to’lash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga to’lanishi lozim bo’lgan boshqa to’lovlarni to’lashning kechiktirilishida aybi bor-yo’qligidan qat’iy nazar yuzaga keladi.
21.4. Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan Xodim maxsus yozma shartnoma asosida ularga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladi. To’liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo’lgan xodimlarning toifalari ro’yxati 4-ilovada keltirilgan.
21.5. Bevosita pul yoki tovar boyliklari bilan muomala qiluvchi Xodimlar tomonidan ishlar birgalikda bajariladigan va bunda jamoa moddiy javobgarligi joriy etiladigan xizmatlarning ro’yxati -ilovada keltirilgan.
Tashkilotda Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi o’rtasidagi kelishuvga binoan, kamomadlarning o’rnini qoplashga yo’l qo’yiladigan tavakkalchilik fondi tuziladi.

Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin