Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə15/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XVI. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISH

16.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi ijtimoiy sheriklik prinsiplarini tan olgan holda, jamoa shartnomasini bajarilishida yuzaga kelgan har bir nizolarni oldini olish choralarini ko’rishni o’z zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar o’zaro ishonch va hurmat bilan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hal etiladi.


16.2. Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o’z xohishiga ko’ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
16.3. Mehnat nizolari komissiyalari Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan tenglik asosida tuziladi. Komissiyaga Kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolari uning qarori bilan, Ish beruvchining vakili esa, uning buyrug’i bilan tasdiqlanadilar.
Mehnat nizolari va ziddiyatlarni hal etish komissiyasi tarkibi 6 (olti) nafardan iborat (har tarafdan 3 kishidan) bo’lib, komissiya Ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi mehnat nizolarini O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida o’z faoliyatini olib boradi va mazkur Shartnomaning amal qilish muddatigacha saylanadi.
16.4. Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan e’tiboran, o’n kun muddat ichida ko’rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko’riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko’rib chiqishga uning yozma arizasi bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi. Basharti xodim uzrsiz sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko’rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
16.5. Xodim Kasaba uyushmasi qo’mitasi mehnat nizosi ko’rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega.
16.6. Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar taqdim etishini talab qilish huquqiga ega.
16.7. Majlisda komissiyaning ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo’mitasi vakillaridan iborat teng miqdordagi a’zolari ishtirok etishlari kerak.
16.8. Mehnat nizolari komissiyasining har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchining va Kasaba uyushmasi qo’mitasining navbatma-navbat bajaradilar. Bunda bir majlisning o’zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas.
16.9. Komissiyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi tayinlanadi, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi. Mehnat nizolari komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi.
16.10. Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
a) ishga tiklash nizolari bo’yicha – xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
b) xodim tomonidan Ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to’lash haqidagi nizolar bo’yicha – zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo’lgan kundan boshlab bir yil;
v) boshqa mehnat nizolari bo’yicha – xodim o’z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab uch oy;
g) belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin;
d) xodimning sog’lig’iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo’yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
16.11. Mehnat nizolari va kelishmovchiliklari mehnat nizolari bo’yicha tuzilgan komissiya tomonidan hal qilinadi.
16.12. O’zining faoliyatida tomonlar munozarali vaziyatlarga yo’l qo’ymaslikka va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va ushbu Shartnoma qoidalariga qat’iy rioya qilishga intiladi.
16.13. Komissiya tarkibida mavjud a’zolar boshqa lavozimga o’tganda yoki ishdan bo’shagan taqdirda, uning o’rniga yangi tayinlangan xodim komissiya a’zosi etib belgilananadi.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin