Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə11/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

XI. MEHNAT MUHOFAZASI

11.1. Ish beruvchi:


11.1.1. Mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilishda “Mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni tashkil etish to’g’risidagi Namunaviy nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida” (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda ro’yxatdan o’tkazilgan, ro’yxat raqami 273-3) va mazkur Shartnomaga ilova sifatida har yili tuziladigan Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha Nizomga binoan, ish o’rinlarida mehnat sharoitlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi ahvolini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi (2-ilova).
11.1.2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-noyabrdagi “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg’armasini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 245-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan Mehnatni muhofaza qilish fondini barpo etish.
11.2. Tomonlar Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakilni mazkur Shartnomaning amal qilish muddatiga saylab qo’yish va unga zarur shart-sharoit bilan ta’minlash, o’qitish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladilar.
11.3. Ishlab chiqarish bilan bog’liq holda xodimlar bilan baxtsiz hodisalar sodir bo’lgan taqdirda, darhol Davlat mehnat texnik inspektorlariga xabar berish.
11.4. Ish beruvchi xodimlarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratib berishda quyidagi tadbirlarni o’z zimmasiga oladi:
a) maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
b) gigiyena vositalari (yuvish vositalari yoki sovun) bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oladi;
v) bo’sh ish joylari to’g’risidagi ma’lumotlarni Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga taqdim etadi;
g) Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun mablag’ ajratilishi lozim (noqulay mehnat sharoitlarida band xodimlarni maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoya vositalari bilan, shuningdek, yuvish va zararsizlantirish vositalari bilan ta’minlash);
d) kutubxonada texnika xavfsizligini ta’minlash va o’z vaqtida texnik ko’rikdan o’tkazishni, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud ish joylarida sanitariya-gigiyena talablariga javob beruvchi mehnat sharoitlarini, shamollatish, isitish va sovutish, tabiiy va sun’iy yoritish tizimlari uzluksiz ishlashini;
ye) ish joylarini mehnat ishlari bo’yicha (shu bilan birga kvotalangan ish o’rinlari) shahodatdan o’tkazilishini;
yo) Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilishning norma va qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvini Kasaba uyushmasi qo’mitasi amalga oshiradi.
11.5. Kasaba uyushmasi qo’mitasining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi huquqlari.
Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek, xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari, shuningdek, xodimlarning o’zi mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
- xodimlarning hayoti va sog’lig’iga xavf tug’ilgan hollarda ishlarni to’xtatib turish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish to’g’risida ish beruvchiga takliflar kiritish;
- mehnatni muhofaza qilish holatini o’rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mayib bo’lishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o’rni qoplanishi uchun hamda xodimlarning sog’lig’i va mehnati muhofaza qilinishiga bo’lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etish;
- mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchilik, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek, mehnat sharoitlarining o’zgarishi bilan bog’liq mehnat nizolarini ko’rib chiqishda ishtirok etish.
11.6. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan hamkorlikda:
- tashkilotning tarkibiy tuzilmasi kesimida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha komissiya tarkibini aniqlaydi, ularning saylovi, o’quvini (o’quv muddatlari va dasturi ko’rsatiladi) o’z vaqtida tashkil etadi;
- mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo’yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko’rik-tanlovini barcha nominasiyalar bo’yicha (“mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi natijalarga erishgan tashkilot”, “xodimlarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning mehnat muhofazasiga bo’lgan huquqlarini himoya qilishda eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti”, “eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakil”, “mehnat muhofazasi bo’yicha yosh mutaxassis”) o’tkazadi va g’oliblarni yuqori kasaba uyushma tashkilotlariga tavsiya etadi;
- yil davomida mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishiga yo’l qo’ymagan xodimlarni ish beruvchining mablag’lari hisobidan pul mukofoti bilan moddiy rag’batlantirish tartibini o’rnatadi. Xizmat rahbarlari tomonidan o’zaro kelishilgan holda xodimlar nomzodi mehnat jamoasi majlisida muhokama qilingandan so’ng taqdirlashga tavsiya etadi;
- Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko’maklashish asoslari to’g’risidagi 187-son Konvensiyasiga og’ishmay rioya etadi.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin