Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


- xodimning yaqin qarindoshlari vafot etsa (otasi-onasi, qaynota-qaynonasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o’rtog’i, o’g’li, qizi) – 5 ish kungacha



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə7/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

- xodimning yaqin qarindoshlari vafot etsa (otasi-onasi, qaynota-qaynonasi, aka-ukasi, opa-singlisi, turmush o’rtog’i, o’g’li, qizi) – 5 ish kungacha;
- nikoh tuzilganligi munosabati bilan (xodim yoki uning farzandining to’yi bo’lsa) – 5 ish kungacha;
- bola tug’ilishi munosabati bilan bolaning otasiga – 3 ish kungacha.
7.26. Har kunlik ish (smena) muddati, ish boshlanadigan va tugaydigan vaqt, tanaffus vaqti, bir sutkadagi smenalar soni, ish kuni va ishlamaydigan kunlarni almashtirish, xodimlarning smenadan smenaga o’tish tartibi Qonun hujjatlari va Milliy kutubxonaning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq o’rnatiladi.
7.27. Xodimlarga O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 205-moddasida nazarda tutilgan tanaffuslardan tashqari ish kuni (smena) davomida ish vaqtiga kiritiladigan quyidagi qo’shimcha tanaffuslar beriladi:
a) chanqoqni qondirish uchun;
b) tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun;
v) dori vositalarini qabul qilish uchun.
7.28. Besh kunlik va olti kunlik ish haftasi qo’llanilganda Kutubxonada umumiy dam olish kuni yakshanba hisoblanadi. Besh kunlik ish haftasida ikkinchi dam olish kuni deb shanba belgilanadi.
7.29. Tashkilotning keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog’liq bo’lsa, o’sha ishlarni bajarish zarur bo’lgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb etish ularning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.
Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy bo’linmalarining keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bog’liq bo’lsa, o’sha ishlarning ro’yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishuvga ko’ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
a) yuqori turuvchi tashkilotning, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o’z vakolatlari doirasida bergan kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni bajarish;
b) xodim umumxalq xayriya hasharlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etish xohishini bildirganda;
v) Xizmat rahbarining roziligi bilan Kutubxonaning ish rejimi smena tartibida yo’lga qo’yilganligi inobatga olinib (1-ilova), kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishuvga ko’ra ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida shanba va yakshanba kunlari ishga jalb qiliniadi (dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko’ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensasiya qilinishi mumkin).
7.30. Xodimga tarmoq (soha)da ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo’lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko’p bo’lmagan har yilgi qo’shimcha mehnat ta’tili beriladi.
Ish beruvchi tomonidan ishga taklif qilingan mutaxassislarning (huquqshunos, buxgalter, iqtisodchi, haydovchi, kadrlar bo’yicha mutaxassis va boshq.), shuningdek, soha tashkilotlarida emas, balki boshqa tashkilotlarda ishlagan malakali mutaxasislar ishga joylashganida, ularning mehnat stajlari umumiy uzluksiz mehnat staji hisobga olinishi mumkin.
7.31. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 226-moddasida nazarda tutilgan vaqt davrlaridan tashqari, yillik asosiy ta’til huquqini beruvchi ish stajiga va bir tashkilot yoki tarmoqdagi har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko’p yillik ish staji uchun qo’shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) xodimning iltimosiga ko’ra beriladigan, ish yili davomida ikki haftadan oshmaydigan ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar vaqti;
b) ilgari vaqtincha boshqa ish beruvchiga bir kalendar yildan kam muddatga xizmat safariga yuborilgan xodim bilan mehnat shartnomasi tiklanganda, agar unga vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan tashkilotda ta’til berilmagan bo’lsa;
v) ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim etilgan ijtimoiy ta’tillar vaqti.
7.32. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan xodimlar toifalariga qo’shimcha ravishda xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini boshqa muddatga ko’chirish huquqiga ega:
a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
b) homiladorlik va tug’ish ta’tilining muddati boshlanganda;
v) har yilgi mehnat ta’tili o’quv ta’tiliga to’g’ri kelib qolganda;
g) davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo’lsa;
d) xodimning sanatoriy yoki dam olish uyiga puli to’langan yo’llanmasi mavjud bo’lsa;
e) yaqin qarindoshlari vafot etgan taqdirda;
j) xodimning o’zi yoki uning farzandlarining to’y marosimlari paytida;
z) yangi uyga ko’chib o’tish munosabati bilan.
Har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. (MK 230-modda).
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko’ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to’liq berish imkoni bo’lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning o’n to’rt kalendar kundan ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin bo’lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.
7.33. Xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berilishi mumkin, bunday ta’tilning kalendar yil davomidagi eng ko’p davomiyligi kamida qirq kalendar kunga tengdir.
Oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o’qiyotganlarga – kamida o’ttiz kalendar kun, kollej va texnikumlarda – kamida yigirma kalendar kun, oliy, texnikum va kollejlarda sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o’rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
Xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish va uning davomiyligi to’g’risidagi masala har bir muayyan holda mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko’ra hal etiladi. Xodimning unga bunday ta’til berilishiga roziligi ish beruvchiga yozma ariza berish orqali bildiriladi.
7.34. Quyidagi hollarda ish beruvchi xodimning iltimosiga ko’ra unga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berishi shart:
Alohida hollar (ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti to’liq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi bo’lmaganda va boshqa hollarda) uchun xodimlarning o’rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
7.35. Xodim ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilda bo’lganida qisman saqlanadigan ish haqining miqdori uning o’rtacha ish haqining 100 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til vaqti qo’shiladi.
Bunda xodimning saqlanib qoladigan ish haqi miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdoridan kam bo’lishi mumkin emas. Agar xodim ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilda bo’lgan davrida mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oshirilgan bo’lsa, ushbu oshirilishni hisobga olgan holda xodimga tegishli ish haqi miqdori qayta hisob-kitob qilinishi kerak.
7.36. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko’ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to’liq berish imkoni bo’lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning o’n to’rt kalendar kundan ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yilida undan foydalanilishi shart bilan ko’chirilishi mumkin.
7.37. Xodim va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo’linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hyech bo’lmaganda bir qismi o’n to’rt kalendar kundan kam bo’lmasligi kerak. Mehnat Kodeksining 232-modasiga asosan har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo’l qo’yiladi.
Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki Mehnat kodeksining 230-, 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo’l qo’yilmaydi.
Quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
1 yanvar – Yangi yil;
8 mart – Xotin-qizlar kuni;
21 mart - Navro’z bayrami;
9 may – Xotira va qadrlash kuni;
1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni;
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni;
Ro’za hayiti (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa kunlarga ko’chirilishi mumkin.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin