X. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING
MODDIY JAVOBGARLIGI
10.1. Ish beruvchi mehnat sohasidagi vazifalarni bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga yetkazilgan zararni Mehnat kodeksi va mehnat to’g’risidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi. Mehnat shartnomasi yoki unga qo’shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, shunigdek, jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi aniqlashtirib qo’yilishi mumkin. Bunda shartnoma bo’yicha ish beruvchining xodim oldidagi javobgarligi Mehnat kodeksida nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko’p bo’lmasligi kerak.
10.2. Zarar yetkazilganidan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo’lmaydi.
10.3. Mehnat shartnomasining bir tarafi o’zining g’ayrihuquqiy nojo’ya xatti-harakatlalri, xulq-atvori (harakati yoki harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga yetkazgan zarari uchun, basharti Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, moddiy javobgar bo’ladi. Taraflarning har biri o’ziga yetkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart.
10.4. O’z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki mehnat qilish imkoniyatidan g’ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida xodimga, boquvchisi ish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda esa, uning oila a’zolariga yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) ish beruvchi, basharti Kodeksda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, to’liq hajmda to’laydi.
10.5. Ma’naviy zarar (jismoniy yoki ruhiy azoblar) pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda hamda ish beruvchi va xodim o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda vafot etgan taqdirda esa, ish beruvchi va vafot etgan xodimning oila a’zolari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqdorda qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, bu masala sudda ko’rib chiqiladi.
10.6. To’liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuziladigan xodimlarning (agar ular bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qiladigan bo’lsalar) va bevosita pul yoki tovar boyliklari bilan muomala qiluvchi xodimlar tomonidan ishlar birgalikda bajariladigan bo’lsa, jamoa moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin bo’lgan bo’linmalarning ro’yxati (2-ilovada) keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |