Samarqand viloyati mintaqaviy filiali


Mahallalarda ijtimoiy faoliyatni samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga e`tibor qaratish zarur



Yüklə 129,72 Kb.
səhifə5/9
tarix25.03.2023
ölçüsü129,72 Kb.
#89932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish

Mahallalarda ijtimoiy faoliyatni samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga e`tibor qaratish zarur:
Birinchidan, aholini faolligini oshirish, tashkil etilayotgan tegishli komissiya ishining jonli va samarali yolga qoyish aynan uning tarkibini qanday shakllanlanganligiga bog`liq. Sohaga qiziqqan va faol, malum malakaga ega, mas`uliyatli, tabiiy etakchilik qobiliyati ega, hamda turli yoshdagi fuqarolar vakillari bilan dastlabki uchraShuv o`tkazish va komissiya Nizomidan kelib maqsad va vazifalarni tuShuntirish zarur.
Ikkinchidan, komissiya tarkibi shakllantirilganda uning a`zolariga oid malumotlar to`liqva batafsil tuzilishi maqsadga muvofiq. Ya`ni a`zo`rning tug`ilgan yili, ma`lumoti, ish yoki o`qish joyi va boshqa qo`shimcha ma`lumotlar bilan boyitilishi komissiya tarkibining xilma xilligini ta`minlagan holda a`zolar ma`suliyatini oshiradi va ular ishtirokidagi yig`ilishlarda jiddiy muhokamalar o`tkazilib, yakunida aniq takliflar berish imkoni tug`iladi.
Uchinchidan, komissiya rahbarlarining Nizomiy vazifalarini puxta bilishlari va komissiya a`zolari o`itasida vazifalar taqsimoti to`g`ri tashkil etganligi hamda har bir a`zoga alohida yoki birgalikda bajariladigan topshiriq berilgani juda muhimdir.
To`rtinchidan, komissiya raisi va a`zolari vazifalarni bajarish uchun yordam bera oladigan sheriklarni, hamkorlarni ajratib olishi va ular bilan doimiy aloqani o`rnatib olishi zarur.
Beshinchidan, jamoatchilik faoliyati natijasini ko`rsata olish, Ya`ni fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlari jamoatchilik komissiyalari tomonidan mahallada amalga oshirilgan ishlarni ro`yobga chiqishiga bevosita yordam berishi va xalqni xabardor qilib turishi muhim omil hisoblanadi.
Oltinchidan, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etayotgan mahalla faollarini rag`batlantirib borish tizimini joriy qilish ham jamoatchilik asosida ishlovchi fuqaro faoliyatiga berilgan baho hisoblanadi.
Shu bilan birga komissiyalar faoliyati samarali tashkil etishda uning Nizomiy vazifalardan kelib chiqib tuziladigan ish rejasi ham muhim o`rin tutadi.Rejalar tuzishda tegishli komissiya a`zolari o`zlarining aniq takliflari bilan ishtirok etishlari maqsadga muvofiq. Umumiy holda ish reja choraklik va yillik yoki komissiyaning vakolat muddatiga mo`ljallab tuzilishi mumkin. Shuningdek rejada o`tkaziladigan tadbirlarning va muhokama etiladigan masalalarning aniq muddati ko`rsatilishi uning ijrosiga jiddiy yondashishga ta`sir qiladi.
Quyidagi sxemada (1-rasm) ijtimoiy faoliyatni bevosita tashkil etuvchi jamoatchilik komissiyalar ishini samarali tashkil etishga ta`sir etuvchi bir necha omillarni ko`rish mumkin.


Yüklə 129,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin